Prezident qaroriga köra, işlab çiqarilganiga 1 yildan oşmagan, dvigatel hajmi 1200 sm kubdan yuqori bölmagan yangi yengil avtotransport vositalari uçun 2026 yil 1 yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:
- 1000 sm kubgaça – 0 foiz (bungaça – 15 foiz + 0,4 AQŞ doll/kub sm);
- 1 000-200 sm kub – 5 foiz (bungaça – 15 foiz + 0,6 AQŞ doll/kub sm).
Kun.uz bojlarning pasaytirilişi narxlarga qanday ta’sir qilişi mumkinligini bir neçta misollarda örganib kördi.
Pokiston bozorida eng arzon komplektatsiyasi 7800 dollardan boşlanuvçi, dvigatel hajmi 658 sm kub bölgan yangi Suzuki Alto 2023 avtomobilini Özbekistonga olib kiriş narxi (logistika xarajatlari hisobga olinmagan):

Bojxona boji
- Avval: 1433 dollar (15 foiz + 0,4 AQŞ doll/kub sm);
- Hozir: 0 dollar (0 foizga tuşirildi);
- Farq: 1433 dollar.
QQS (12 foiz)
- Avval: 1108 dollar (bojxona boji qöşilib hisoblanardi);
- Hozir: 936 dollar;
- Farq: 172 dollar.
Utilizatsiya yiğimi (bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari)
- Taxminan 864 dollar (9 mln 900 ming söm).
Bojxona yiğimi (0,2 foiz)
- Taxminan 16 dollar.
Yakuniy narx:
- Avval: 11 221 dollar;
- Hozir: 9 616 dollar;


















