17 iyun kuni CAFA Nations Cup'da 3-tur bahslari yakuniga yetdi.
A guruhida Özbekiston Tojikistonga qarşi maydonga tuşdi. Öyinning 13-daqiqasidayoq Tojikiston futbolçisi Parvizjon Umarboyev jarima zarbasini aniq ijro etib hisobni oçdi.
Ikkinçi bölimda esa mezbonlar raqib darvozasini beş bor işğol etişdi. Dastlab 53-daqiqada Jasurbek Yaxşiboyev hisobni tenglaştiruvçi golni urdi. Oradan 3 daqiqa ötib, Eldor Şomurodov Bobur Abduxoliqov işlagan penaltini aniq ijro etdi va Özbekistonni hisobda oldinga olib çiqdi.
73-daqiqada yoşlar jamoasidan asosiy jamoaga ötgan Abbosbek Fayzullayev debyut golini urib, hisobni işonçli körinişga olib keldi.
83-daqiqada Hojimat Erkinov qarşi hujumda öz uslubida gol urdi.
Öyinga qöşib berilgan daqiqalar tugayotganida Oston Örunov özi işlagan penaltidan yakuniy hisobni örnatdi - 5:1.
Şu tariqa, Sreçko Katanets şogirdlari guruhni 100 foizlik natija bilan yakunladi. Özbekistonliklar birinçi turda Ummonni 3:0 hisobida, ikkinçi turda Turkmanistonni 2:0

















