Ruhni ham, jismni ham ozuqasiz qoldirib bölmaydi. Insonda umumiy ikki katta ehtiyoj mavjud. Bular – ma’naviy va moddiy ehtiyoj. Har ikkisining örni, darajasi va ahamiyati hammamizning hayotimizda katta rol öynaydi. Ba’zan moddiyat ketidan quvib, tirikçilik dardida yurib özimizda ma’naviy böşliq paydo qilib qöyamiz. Bu tomondan uzilib qolamiz. Aksi holatda esa ruhiy quvvatimiz bölmiş ma’naviy ozuqaga şönğib ketib, moddiy tomondan oqsaymiz. Bu ehtiyojlar ipi uçlarini tutaştiriş kişidan katta mehnat talab qiladi. Ikkisi örtasidagi muvozanatni uşlab turiş har doim ham qölimizdan kelavermaydi. Bu maşaqqat.

Zamonaviy özbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri Uluğbek Hamdam özining “Muvozanat” asarida ayni şu mavzuni kötargan. Asardagi mavzu va muammolar asriy masalalardir. Har qaçonga, har kimga, har davrga tegişli muammolar. Boş qahramon Yusuf qiyinçiliklar bilan bölsa-da, oltin örtaliqni, ya’ni ehtiyojlar örtasidagi muvozanatni topa oladi.
Syujyet:
Tarix fakultetida öqigan Yusuf mana 35 yoşga kiradi hamki, hali heç narsa orttirolgani, biror arzirli iş boşlayolgani yöq. Bir öğilçasi va ayoli bilan ijarama-ijara şaharda yaşaydi. Haftasiga bir-ikki kun universitetda dars berib kelişini aytmasa, deyarli bekorçi. Qişloqqa, ota-onasiga biror narsa kötarib borişga-da qurbi yetmaydi.
Özbekiston yangi mustaqil bölgan davrlar... hamma tizimda muammolar yetarliça, kambağallar qaşşoqlaşgan, örta hollar kambağallaşgan. Olimlar, ilmparvarlar, ma’rifat sohasidagilar bir çetga surilib, hamma qorin dardiga tuşgan, moddiy ehtiyoj yuqori darajaga çiqqan çoğlar.
Yusuf bilan birga öqigan Said va Mirazim allaqaçonlar öz yöllarini topib ketgan. Mirazim savdoda mamlakatdagi yirik savdogarga aylangan bölsa, Said katta bir amaldorning qiziga uylanib, özi ham mansab çöqqisi tomon yuqorilagandan yuqorilaydi. Yusuf esa har ikkisiga qiziqmadi. Savdoga unda iqtidor, mansabga esa qiziqiş, xohiş yetişmadi. U ilm odami edi. Ammo ilm uning davriga kelib qadrsizlandi. Qorin-qursoq birinçi darajada turadigan böldi.
Noçorlikdan köçada qolişga majbur bölgan Yusufni ayoli taşlab, qişloqqa ketib qoldi. Boşi berk köçada qolgan, ammo qanday bölmasin yöl topib çiqişga majbur bölgan yigit özini har sohaga urib kördi. Ustaçilig-u savdogarlik bilan şuğullandi. Ilmdan voz keçmaslik barobarida moddiy jihatdan ham özini önglab olişga tirişdi. Yusufning qişloqqa ketgan bir yarim yoşli öğilçasi doktorlarning oçközligi, e’tiborsizligi, ma’naviy qaşşoqligi sabab olamdan ötdi.
















