Si Jinping kutilmaganda AQSh davlat kotibi Blinkenni qabul qildi

Foto: Reuters
Ikki siyosatchi o‘rtasidagi uchrashuv Pekin va Vashington o‘rtasidagi keskin taranglik fonida bo‘lib o‘tdi. Si Jinpingning aytishicha, Blinken bilan uchrashuvda bir qator masalalar bo‘yicha oldinga siljish bo‘lgan.
Xitoy rahbari Si Jinping 19 iyun, dushanba kuni Pekinda AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenni Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi keskinlik fonida qabul qildi. Dpa agentligi qayd etishicha, ikki siyosatchining e’lon qilinmagan uchrashuvi diplomatik protokol nuqtayi nazaridan g‘ayrioddiy bo‘lib, Vashingtonga nisbatan alohida ishora sifatida baholanishi mumkin.
Yarim soatlik uchrashuv yakunlari bo‘yicha Si Jinpingning ta’kidlashicha, tomonlar «olg‘a siljish, qator mavzular bo‘yicha esa yakdillikka erishgan». Si Jinpingning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni o‘z pozitsiyasini aniq ko‘rsatgan, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar noyabr oyida Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tgan G20 sammiti chog‘ida u va AQSh prezidenti Jo Bayden erishgan kelishuvlarni amalga oshirish zarurligi to‘g‘risida kelishib olgan. O‘shanda Si va Bayden ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha bir qarorga kelgandi.
Entoni Blinken Si bilan uchrashuvdan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanishiga umid bildirdi.
Blinken - so‘nggi besh yil ichida Xitoyga tashrif buyurgan AQShning eng yuqori martabali amaldori. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda savdo, inson huquqlari va Xitoy o‘zining isyonkor viloyati deb hisoblagan Tayvanga nisbatan munosabati bilan bog‘liq mojarolar tufayli yomonlashdi. Ular taxminan bir yil avval AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi ortidan yanada keskinlashdi.
Si Jinping bilan uchrashishdan oldin Entoni Blinken XKP Markaziy qo‘mitasi Tashqi ishlar komissiyasi kanselyariyasi rahbari Van I va Xitoy tashqi ishlar vaziri Tsin Gang bilan uzoq muddatli muzokaralar o‘tkazdi. Vang I tashqi siyosat darajasi bo‘yicha Tsin Gangdan ustundir.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar aniqlandi
Jamiyat | 12:21
-
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Jahon | 12:07
-
O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda
O‘zbekiston | 11:46
-
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

18:33 / 18.06.2025
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi

13:59 / 17.06.2025
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

21:42 / 05.06.2025
Tramp va Si Jinping telefon orqali gaplashdi

13:59 / 24.05.2025