Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus, Samarqand va Farg‘onada gimnastika markazlari tashkil etiladi
“Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.
Gimnastika markazlari ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanib, gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ega bo‘ladi. Gimnastika markazlari o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi.
O‘quvchilarning umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi. Gimnastika markazlarining 1-sinfiga gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida shug‘ullangan, yuqori iqtidorga ega va o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
O‘quvchilar ularga eng yaqin joylashgan maktablarda umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitiladi. Gimnastika markazlarining o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.
Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Mavzuga oid
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
09:46 / 14.10.2025
Indoneziya Isroilni badiiy gimnastika bo‘yicha JChga kiritmaydi
13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi
11:41 / 02.09.2024