Kun.uz muxbirlari voqea joyidan reportaj tayyorlaşdi. Unda ma’lum qilişiça, odamlar yaşaş uçun köçib kirgan qöpqavatli uyning yölovçi liftlari nosoz bölgan va voqea asnosida odamlar yuk taşiş uçun möljallangan liftdan foydalanişgan. Şaxtaga qulagan lift ham aynan öşa yuk taşiydigan lift bölgan.

Sönggi yillarda turar joylar qurilişi borasida yurtimizda «quriliş bumi» yuz bermoqda. Katta-katta şaharlarimizda osmonöpar turar joy binolari yomğirdan keyingi qöziqorindek köpaymoqda.

Quriliş me’yorlariga köra, köp qavatli turar joy binosi 5 qavatdan oşdimi, u albatta lift bilan ta’minlanişi kerak. Hozir şaharlarimizda 16–25 qavatli turarjoy binolari ham barpo etilmoqda.

Öz-özidan savol tuğiladi: bunday turar joy binolaridagi liftlar belgilangan talablarga muvofiq örnatilmoqdami? Örnatilayotgan liftlar talab etilgan sifat, xavfsizlik me’yorlariga javob beradimi? Qaysidir taşkilot ularni nazorat qilyaptimi? Quriliş va kommunal xöjalik vazirligi bu borada alohida tuşuntiriş bilan çiqsa, barça uçun foydali va yaxşi bölar edi.

Quriliş taşkilotlarimiz (hozir ularning katta qismi xususiy kompaniyalar) köp qavatli turar joy binolariga sifatli liftlar örnatişini qattiq nazoratga oliş kerak. Qurilgan uyga odamlar köçib kelmasidan avval liftlar soz holatda ekani töliq sinovdan ötkazilib, undan xavfsiz foydalanişi mumkinligi töğrisida maxsus sertifikat berilganidan sönggina uyga köçib kirişga ruxsat beriş kerak.

Hozir xususiy quriliş kompaniyalarimiz uylarni u uçun tölov qilgan odamlarning pullariga qurişmoqda. Uylar çala-çulpa bitkazilib, egalariga topşirilmoqda. Toki lift risoladagidek işlatilmas ekan, har qanday holatda bunday uylarga köçib kirib yaşaşga ruxsat bermaslik kerak. Kvartiralar uçun pul tölagan odamlar ham buni qattiq talab qilişlari kerak. Çunki erta biror noxuş kor-hol röy beradigan bölsa, özlari jabrini tortişadi.

Voqea saboq bölişi lozim

Albatta. Yangihayotdagi voqea ham bunga bir dalil. Bunday voqealarning sodir böliş ehtimoli doimo saqlanib turadi, garçi uning ehtimol darajasi past bölsa ham.

Ma’lumki, liftlar troslar yordamida kötarilib tuşiriladi. Zamonaviy liftlar barça xavfsizlik qoidalariga muvofiq tayyorlangan, uning barça troslari uzilib ketgan taqdirda ham, çeklovçi mexanizmlari işga tuşib, liftning yuqoridan pastlikka tezlik bilan qulaşining oldini olişi lozim.