— Bolalik paytlarim. Bir kuni onam bilan opam çiroyli kiyimlarni kiyib, xursand bölib yurişibdi. Nimaga ekan, deb sörasam, toğang «Otello»ga taklif qildi, şunga ketyapmiz, deyişdi. Men ham boraman, dedim, ular esa yoşlik qilasan, deyişdi. Janjal qildim, yiğladim, keyin dadam olib boringlar, deb meni ham yubordi. Puşkin boğining yonida Milliy teatrning yozgi boğida spektakl böldi. Bola edim, heç narsaga tuşunmaganman. Lekin sahnada bir çiroyli ayolni qora odam – meni toğam böğib öldirib qöygani qattiq ta’sir qilib, xotiramda muhrlanib qolgan. 

Bir kuni xolamning qizi, Ma’mura opam uyimizga keldi, u teatr institutida öqirdi. Institutimizda imtihon bölyapti, xohlasang, olib boray tomoşa qilişga, deb aytdi. U paytda 15 yoşdan oşgan edim. Bordim. Turk yozuvçisining asarini qöyişgan ekan. Menga juda yoqdi. Şu bilan «aktyor bölsammikan» degan öy kirdi menga. Uydagilarga bildirmay, teatrga borib yurdim. Çunki aktyor bölişimga otam qarşi bölgan, iqtisodçi bölişimni istardilar. 

— Özbek oilalarida ota roziligisiz biror işni boşlaş juda qiyin. Siz qanday qilib otangizning roziligini olgansiz?

— Dadam nonuştani mensiz qilmasdi. Sababi bitta öğil edim. Mendan oldingi farzandlar vafot etişgan. Oilada aslida 11 farzand bölganmiz. Şuning uçun ham ismimni Turğun qöyişgan. Öşa kuni otam nonuşta payti «Öğlim, maktabni bitirdingiz. Endi iqtisodçi bölasizmi?» deb qoldi. Men esa institutga kiriş niyatim bor, lekin iqtisodga emas, teatr institutiga topşirmoqçiman, dedim. Şu payt dadam oğziga olib borgan qoşiğini tuşirib yubordi va oyimga qarab «Sizning avlodingizda artist bor, şuning uçun bu ham tortib ketdi» dedilar. Oyim ham hazilkaş edi, «Ölmang, xöjam, özingiz ham «artistka»larni yaxşi körasiz-ku» dedi. Dadamning jahli çiqib, stolni bir tepib uydan çiqib ketdi. Şundan keyin men ham indamay, attestatimni töğri teatr institutiga borib topşirdim. 

Rus maktabda öqiganim uçun imtihonlarni rus tilida topşirdim. Professor I.Radun imtihon olgandi. Birdan ikkinçi kursga olamiz, deb qoldilar u kişi. Xursand bölib Abror toğamga kelib aytsam, sen özbek tilini bilmaysan, birinçi kursdan öqişing kerak, dedilar. Institutga telefon qilib, jiyanim birinçi kursdan öqiydi, oldin ona tilini örgansin, özbek sahnasiga çiqolmaydi bu turişda, dedilar. Xafa bölma, ona tilingni bilmasang, közingga yoş ham, his ham kelmaydi, teatr şunday, deb aytdilar. 

Birinçi kursdan Toşxöja Xöjayev qölida öqiganman. Ular rusiyzabon ekanimni bilgaç, bir rus dramaturgining pesasini berib, har kuni 10-12 betdan özbekçaga tarjima qilib qöyişimni aytdilar. Mana şunday qilib menga özbek tilini örgatgan odam Toşxöja Xöjayev böladi. Bu odamdan umrbod qarzdorman.