Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Farg‘ona va Buxorodagi ishlab chiqarish quvvatlariga quyosh panellari o‘rnatadi
O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen Janubiy Koreyaning Posco International korporatsiyasi raisi o‘rinbosari Tak Jongni qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv davomida Tak Jong joriy yilning mart oyida O‘zbekistonga qilgan tashrifi yakunlari haqida ma’lumot berdi. U Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligida o‘tkazilgan muzokaralarda Farg‘ona viloyatida to‘qimachilik klasteri faoliyatini kengaytirish, xususan, yangi paxta tozalash zavodini qurish, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish masalalari muhokama qilinganini ta’kidladi.
Tak Jong Posco International qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish uchun Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridagi ishlab chiqarish quvvatlariga quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha faol ishlarni boshlaganini bildirdi. Kompaniya quyosh elektr stansiyalarini qurish orqali O‘zbekistonda «yashil» energetikani rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribasini joriy etishga tayyor.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli sarmoyaviy loyihalarni ilgari surish bo‘yicha ishchi darajadagi muntazam muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026