Ilon Maskning onasi Mey Mask öğlining Meta kompaniyasi rahbari Mark Tsukerberg bilan MMA qoidalari böyiça ötkazilişi rejalaştirilayotgan jangini bekor qilganini aytdi. Bu haqda u Twitter ijtimoiy tarmoğida yozdi.
«Aslida men jangni bekor qildim. Ammo hali ularga aytmadim. Har ehtimolga qarşi jang bekor qilinganini aytişda davom etaman...», dedi Mey Mask.
Avvalroq milliarderning onasi «söz bilan» jang qilişni taklif etgandi.
«Faqat sözlar yordamida kuraşing. Kresloda ötirib. Bir-biringizdan bir metr masofada. Kim eng kulgili bölsa, öşa ğalaba qozonadi», deb yozdi u.
Ilon Mask onasining sözlariga hazilomuz tarzda munosabat bildirdi. «Onajon, bas qiling, baribir u bilan jang qilaman», deb yozdi u.
Twitter ijtimoiy tarmoğining egasi Ilon Mask 21 iyun kuni Facebook asosçisi Mark Tsukerbergni yakkama-yakka kuraşga çaqirdi. Bunga Facebook tomonidan Twitter raqobatçisi işlab çiqilayotgani haqidagi xabar sabab böldi. Tsukerberg uunga javoban: «Jang qayerda bölişini yozib yubor» dedi. Mask Las-Vegasdagi maşhur UFC janglari ötkaziladigan zalni tanladi.
Keyinroq, Universal janglar çempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt Mask va Tsukerberg bilan gaplaşib olganini, ikkalasining niyati «jiddiy» ekanini aytdi.

















