Prigojin Şoyguni “Vagner”ga zarba berişda aybladi va “adolat marşi”ni boşladi. Asosiy ma’lumotlar
|17:35 / 24.06.202375 24418 min
Federal xavfsizlik xizmati qurolli isyon böyiça iş oçdi. Asosiy ma’lumotlar.
Foto: Videodan kadrFoto: Videodan kadr
23 iyun, juma kuni keçqurun “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin va Rossiya Mudofaa vazirligi örtasida ançadan beri davom etayotgan mojaro özining qaynoq nuqtasiga yetdi. Prigojinning aytişiça, göyoki şaxsan mudofaa vaziri Sergey Şoyguning ruxsati bilan “Vagner” lagerlariga raketa zarbalari berilgan (vazirlikning özi bu ayblovni rad etdi). Şundan söng Prigojin “adolat marşini” boşlaşga va’da berdi — köpçilik bu tahdidni harbiy töntariş uyuştirişga uriniş sifatida qabul qildi. Federal xavfsizlik xizmati qurolli töntarişga uriniş moddasi böyiça iş oçdi.
Rossiyalik generallar “Vagner”ga “prezidentga ortdan piçoq urmaslik” iltimosi bilan murojaatlar yozib olayotgan bir paytda, Moskva harbiy garnizoni jangovar holatga keltirildi, SOBR va FXX Don trassasiga blokpostlar örnata boşladi, deydi BBC naşri manbalari.
Moskva şahri va Moskva viloyatidagi FXX bölimlariga trevoga berildi, Moskva va Rostov köçalarida bronetransportyorlar körindi, Kreml esa “barça zarur çoralar”ni körişga va’da berdi.
Prigojin harbiylarni nimada ayblayapti va Rossiya hukumati bunga qanday munosabat bildirmoqda?
23 iyun kuni Yevgeniy Prigojin navbatdagi şov-şuvli video e’lon qildi. Uning matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videoda “Vagner” asosçisi Rossiya qöşinlari Ukraina Qurolli kuçlarining qarşi hujumi fonida Zaporijjya va Xerson yönalişlarida çekinayotganini aytdi, Mudofaa vazirligini Rossiya prezidenti Vladimir Putinni aldayotganlikda aybladi hamda Ukrainadagi uruşni boşlaşga umuman hojat bölmagan, “yomon rejalaştirilgan operatsiya” deya ta’rifladi.
Videoda Prigojin Sergey Şoygu manziliga navbatdagi ayblovlarni yoğdirdi. Kunning ikkinçi yarmida Prigojin Tergov qömitasiga Şoygu va Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov ustidan şikoyat qilib, ariza yuborganini e’lon qildi.
Keçqurun Prigojinga aloqador bölgan “Razgruzka Vagnera” Telegram kanali vagnerçilarning qaysidir bazasi hujumga uçragani tasvirlangan video joylaştirdi. Moskva vaqti bilan soat 21:00 dan keyin, “Vagner” asosçisi yollanma askarlar lageriga raketa zarbasi berilgani haqida xabar berdi.
“Qurbonlar köp. Zarba orqa tomondan berilgan, ya’ni Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylari tomonidan”, – dedi Yevgeniy Prigojin. Katta ehtimol bilan, gap “Vagner” jangçilari Baxmutdagi bir neça oylik janglardan söng çekingan lagerlar haqida ketmoqda.
Mavzuga oid
Prigojinning sözlariga köra, vagnerçilar göyoki “Mudofaa vazirligiga yon berişga, qurollarini topşirişga va mamlakatni himoya qilişni qanday davom ettirişga yeçim izlaşga tayyor edi”. “Ammo bu jirkanç odamlar tinçlanmadi”, deya çiqiş qildi tadbirkor va “Vagner” “bu vahşiylikka qanday javob berişni” hal qilişiga va’da berdi. Keyin esa Sergey Şoyguni nazarda tutgan holda, “bu hayvon töxtatiladi” deya qöşimça qildi.
Prigojin va Mudofaa vazirligi örtasidagi ziddiyat
Yevgeniy Prigojin va Mudofaa vazirligi örtasidagi oçiqça ziddiyat 2022 yil boşlandi va 2023 yilning bahorida avj oldi.
2022 yil kuzda Prigojin Rossiya armiyasi va uning harbiy rahbarlarini Ukrainaning Xerson va Xarkiv viloyatlariga qarşi hujumi paytidagi muvaffaqiyatsizliklar uçun oçiq tanqid qilganlar qatorida edi. Keyin esa “Vagner” asosçisi Mudofaa vazirligi rahbariyati yollanma askarlarning Ukraina şarqidagi janglardagi xizmatlarini tan olişdan boş tortganidan oçiqçasiga şikoyat qildi.
2023 yil fevral oyida Prigojin birinçi marta harbiylarni sun’iy ravişda “snaryad oçligi”ni yaratganlikda va “Vagner”ga Baxmutga hujum qiliş uçun yetarli öq-dori bermayotganlikda aybladi. Mudofaa vazirligi bu ayblovlarni rad etdi.
Keyinçalik mojaro şaxsiy ziddiyatga aylandi — Prigojin muntazam ravişda Sergey Şoygu va Valeriy Gerasimovni haqorat qildi. May oyida esa hatto ularga ultimatum qöyib, agar unga snaryadlar berilmasa, Baxmutdan jangçilarini olib çiqiş bilan tahdid qildi. Prigojin tahdidni haqiqatda amalga oşirmadi, lekin oradan köp ötmay, “Vagner” askarlari şaharni egallab olganliklarini e’lon qildi hamda öz pozitsiyalarini Rossiya armiyasining muntazam bölinmalariga topşirib, Baxmutni çindan tark etdi.
Mudofaa vazirligi bilan mojaro fonida Prigojindan “Vagner” saflarini töldirişning asosiy manbalaridan biri bölgan rus mahbuslarini jangçilikka yollaş imkoniyatini tortib olişdi — endilikda bunday yollaş bilan armiyaning özi şuğullanadi.
Rossiya armiyasi çindan ham “Vagner” lagerlariga hujum qilganini tasdiqlovçi mustaqil manbalar yöq.
Rossiya Mudofaa vazirligi Prigojinning bayonotlarini “haqiqatga töğri kelmaydigan” “axborot provokatsiyasi” deb atadi.
Hozirça hujumning yagona “dalili” göyoki zarba oqibatlari aks etgan “Razgruzka Vagnera” Telegram kanalining videosi bölib qolmoqda. U mobil kamerada suratga olingan, videoyozuvda örmondagi toş bilan qoplangan yölak böylab yugurayotgan ikki nafasi içiga tuşgan odamning odobsiz sözlarga töla suhbatini eşitiş mumkin.
“Bu nima edi? Ukrainlar zarba berdi çoği?», degan ulardan biri. “Qanaqa ukrainaliklar, ular bunça masofadan urolmaydi” deya javob qaytargan ikkinçi odam. Şundan söng, video qahramonlari zarba berilgan joyga yetib boradi. Kadrlarda inson qoldiqlari va kuygan daraxtlar aks etgan.
Video tasvirga olingan joyning geolokatsiyasini aniqlaşning iloji yöq. Ammo Bellingcat tadqiqotçisi Arik Toler videodagi kadrlar bir kun avval Prigojinga yaqin bölgan RIA FAN jurnalisti Aleksandr Smirnov (telegram kanali “Pozyvnoy Bryus”) tomonidan suratga olingan Vagner bazasiga öxşaşligiga e’tibor qaratgan.
“Vagner komandirlar kengaşi qaror qabul qildi. Mamlakat harbiy rahbariyati olib borayotgan yovuzlikka çek qöyilişi kerak”, dedi Prigojin Moskva vaqti bilan soat 22:30 da.
U “Prezident hokimiyati, hukumat, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya va boşqa tuzilmalar odatdagidek işlaşda davom etişiga” va’da berib, uni eşitganlardan “qarşilik körsatmaslikni” söradi. Prigojin faqatgina “rus askarlarini yöq qilayotganlar bilan” “gaplaşib olişga” va’da berdi.
Keyinroq Prigojin Sergey Şoygu “ayol kabi qörqoq”ligini va Rostovdan qoçib ketganini e’lon qildi. Uning aytişiça, vazir göyoki “Vagner” bazasiga raketa hujumlariga ruxsat beriş uçun Rostovga kelgan. Şundan söng, u «25 ming kişi mamlakatda nima uçun bunday tartibsizlik hukm surayotganini aniqlaş uçun ketayotganini xabar qilgan.
Bu vaqtga kelib, taxminiy fuqarolar uruşi allaqaçon ommaviy axborot vositalari va Telegram kanallarida faol muhokama qilina boşlandi va ular sodir bölayotgan voqealarni töntariş deb atadi.
“Bu harbiy töntariş emas. Bu adolat marşidir. Bizning harakatlarimiz qöşinlarga heç qanday xalaqit bermaydi”, deya munosabat bildirgan Prigojin öz matbuot xizmati orqali. Şu bilan birga, u bu “marş” aynan qayerga ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Keyin “Vagner” asosçisi, köplab rus harbiylari uni qöllab-quvvatlayotganini e’lon qilgan yana bir neçta xabar yozdi.
Hozirda vagnerçilarning Rossiya çegaralarida yoki undan taşqarida rus armiyasi bilan qandaydir janglarda qatnaşayotgani haqida heç qanday alomatlar yöq.
Rossiya hukumati sodir bölayotgan voqealarga qanday munosabat bildirdi?
Ilgari Rossiya rasmiylari “Vagner”ning Mudofaa vazirligi bilan ommaviy mojarolariga juda kam munosabat bildirar edi. Ammo hozirgi keskinlaşuv oxir-oqibat xavfsizlik kuçlarining misli körilmagan reaksiyasiga olib keldi.
Kreml Prigojinning bayonotlariga zudlik bilan javob qaytardi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin “Prigojin atrofida yuz berayotgan vaziyatdan” xabardor ekanini aytdi va “barça zarur çoralar körilayotganini” qöşimça qildi.
Va keyin Milliy aksilterror qömitasi qurolli isyonga çaqiriş böyiça jinoiy iş qözğatilganini e’lon qildi.
“Yevgeniy Prigojin nomidan tarqatilgan ayblovlar heç qanday asosga ega emas. Uşbu bayonotlar sabab Rossiya FXX qurolli isyonga çaqiriş fakti böyiça jinoiy iş qözğatdi. Biz noqonuniy harakatlarni zudlik bilan töxtatişni talab qilamiz”, — deyiladi Milliy aksilterror qömitasi bayonotida.
Prigojin sodir bölayotgan voqealar va davlat töntarişi ayblovlari böyiça audiomurojaat e’lon qildi. Uning sözlariga köra, “Vagner” bölinmalari davlat çegarasini “hamma joylarda” kesib ötgan, çegaraçilar “jangçilar bilan quçoqlaşgan”, Mudofaa vazirligi bölinmalari esa “çetga çiqqan”.
Prigojinning sözlariga köra, “muddatli çaqiriluvçilar, ön sakkiz yoşli yigitçalar unga qarşi qöyilgan”, biroq u “bolalar bilan uruşmaydi, şuning uçun ular tirik qoladi va onalari yoniga qaytadi”.
Yarim tundan keyin Boş prokuratura Yevgeniy Prigojinning şaxsan öziga nisbatan jinoiy iş qözğatilganini e’lon qildi. Bundan taşqari, Boş prokuratura bayonotida endi “çaqiriqlar” haqida emas, “qurolli isyon uyuştiriş fakti” haqida gap ketgandi.
«2023 yil 23 iyun kuni Rossiya FXXning Tergov bölimi Prigojinga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 279-moddasiga binoan qurolli qözğolon uyuştiriş fakti böyiça qonuniy va asosli ravişda jinoiy iş qözğatdi”, deya xabar berdi Boş prokuratura.
279-modda — “Qurolli isyon” 12 yildan 20 yilgaça qamoq jazosini nazarda tutadi. Unda “Rossiya Federatsiyasining konstitutsiyaviy tuzumini ağdariş yoki kuç bilan özgartiriş yoki hududiy yaxlitlikni buziş maqsadida qurolli qözğolon uyuştirganlik yoki unda faol iştirok etganlik” uçun ayblovi mavjud. “Favqulodda holat töğrisida»gi federal qonunga köra — qurolli qözğolon favqulodda holat joriy etiş mumkin bölgan holatlaridan biri.
Rossiya tarixida uşbu modda böyiça sudlangan eng maşhur inson iste’fodagi Boş razvedka boşqarmasi polkovnigi Vladimir Kvaçkov edi — u göyoki hokimiyatni qölga kiritiş uçun Moskvaga qarşi qurolli yuriş uyuştirişni rejalaştirganlikda ayblangan. 2013 yilda Moskva şahar sudi uni 13 yilga ozodlikdan mahrum qildi, keyinçalik bu muddat qisqartirildi. Ammo boşqa rossiyaliklar ham muntazam ravişda 279-modda böyiça sudlangan, asosan Şimoliy Kavkazdagi tuzilmalar a’zolari.
Jinoyat işi haqidagi xabarlardan söng FXX Jamoatçilik bilan aloqalar markazi Prigojinning bayonotlari va harakatlarini “harbiylarning orqasiga piçoq uriş” deb atadi. “Vagner” asosçisining sözlari maxsus xizmat tomonidan “qurolli töqnaşuvni boşlaşga çaqiriq” sifatida baholandi va bundan taşqari, Prigojinning qöl ostidagilaridan uni hibsga olişda yordam beriş söraldi.
“Biz “Vagner” jangçilarini tuzatib bölmaydigan xatoga yöl qöymaslikka, rus xalqiga qarşi har qanday zöravonlik harakatlarini töxtatişga, Prigojinning jinoiy va xoinona buyruqlarini bajarmaslikka va uni hibsga oliş çoralarini körişga çaqiramiz”, — deyiladi FXX bayonotida.
Tunda Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi xodimi Andrey Rudenko Ukrainaga bostirib kirişda qatnaşgan qöşinlarning sobiq qömondoni general Sergey Surovikin tomonidan yozib olingan videomurojaatni e’lon qildi.
“Vagner” asosçisi sönggi oylarda Surovikin haqida faqat xuşomad bilan gapirgan. Bahorda Prigojin general Surovikin “Vagner” va Mudofaa vazirligi orasidagi mojaro fonida ularning örtasida aloqa örnatiş bilan şuğullanayotganini aytgandi.
“Men “Vagner” rahbariyati, komandirlari va jangçilariga murojaat qilaman. Biz birga kuraşdik, yöqotişlarga uçradik, birga ğalaba qozondik. Biz bir qonmiz, biz jangçilarmiz. Men sizni töxtaşga çaqiraman, duşman mamlakatimizdagi içki siyosiy vaziyatning yomonlaşişini kutmoqda. Ularning qölida öynaş mumkin emas. Keç bölmasdan oldin, siz Rossiya Federatsiyasi xalq tomonidan saylangan prezidentining irodasi va buyruğiga böysunişingiz, kolonnani töxtatişingiz, ularni doimiy joylaşuv punktlariga qaytarişingiz kerak. Boş qömondon rahbarligida barça muammolarni faqat tinç yöl bilan hal qiling”, degan Surovikin. U qaysi kolonnalar haqida gap ketayotgani va ular qayerga ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Yana bir şunday murojaat (katta ehtimol bilan, hatto öşa xonada yozilgan), Boş ştab Boş razvedka boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari general Vladimir Alekseev nomidan “Komsomolskaya pravda” xodimi Aleksandr Kots tomonidan e’lon qilingan.
“Hozir sodir bölayotgan voqea men ahmoqlikdan boşqa narsa emasligini ayta oladigan dahşatli faktdir. Mamlakatimiz oğir ahvolda, butun Ğarb dunyosi bizga qarşi qurol kötargan. Siz hozir kimningdir provokatsion ğoyasi bilan amalga oşira boşlagan bunday işlar katta yöqotişlarga olib keladi – birinçi navbatda, siyosiy. Tasavvur qiling, siz hozir qilmoqçi bölayotgan işni Ğarb qanday jöşqinlik bilan qabul qiladi. Niyatingiz qanday bölişidan qat’i nazar, bu mamlakat va prezidentning orqasiga piçoq urişdir”, degan Alekseyev.
“Vagner komandirlari eng istiqbolli siyosatçisiga sodiq qoladi va uning har qanday buyruğini bajaradi. Na FXX, na Surovikin boşlangan işni töxtata olmaydi”, deb javob bergan “Vagner” bilan aloqador AP Wagner kanali.
Generallar “Vagner”dan qözğolonni töxtatişni sörayotgan bir paytda, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari “Vaziyatni tartibsizlantiruvçi Prigojinning provokatsiyasidan foydalangani” va Baxmut yaqinida hujum qiliş uçun kuçlarni jamlay boşlaganidan şikoyat qildi.
Bularning barçasi haqida Birinçi kanal Moskva vaqti bilan soat 1:30 da namoyiş etilgan maxsus axborot relizida aytib ötdi. Körsatuv bir neça daqiqa davom etdi.
Moskva va Rostovda xavfsizlik kuçlariga trevoga berildi
Xavfsizlik xizmatlariga yaqin manbaning BBC naşrga aytişiça, 23 iyun kuni keçqurun FXX’ning Moskva bölimiga trevoga berilgan. Armiya doiralaridagi manbaning aytişiça esa, Moskva garnizoni ham jangovar holatga keltirilgan. Maxsus xizmatlarga yaqin bölgan manbaning ta’kidlaşiça, Moskvada “Qal’a” rejasi joriy etilgan — bu politsiya xodimlarini favqulodda yiğişni hamda Içki işlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati va Federal jazoni ijro etiş xizmatining eng muhim obektlarni nazorat ostiga olişni nazarda tutadi.
Poytaxtdagi GROM, SOBR va Alfa bölinmalariga yaqin bölgan BBC manbalarining aytişiça, “ularning ham hammasi kazarmaga çaqirilgan va öşa yerda kutiş buyurilgan”.
“Xöş, umuman olganda, hamma tayyor, hamma ertangi kunni kutmoqda. Heç kim aniğini bilmaydi. Yoki jiddiy narsa yuz bermoqda, yoki boşliqlar ehtiyotkorlikni kuçaytirmoqda”, deydi manbalardan biri.
Yarim tunda poytaxt markaziga zirhli texnikalar kelgani tasvirlangan kadrlar paydo böldi. Guvohlarning xabar berişiça, yuk maşinalari va zanjirli transportlar Katta Dmitrovka, Moxovaya va Lubyanka maydoni böylab harakatlanmoqda.
BBC naşrining armiya doiralaridagi suhbatdoşi sözlariga köra, “Don” şossesida (bu Moskva-Voronej-Rostov-Don yöli) FXX SOBR (Milliy gvardiya qöşinlarining operativ bölinmalari) yordamida blokpostlar örnatmoqda. U yerda navbatda turganlarga “xavf tuğilganda” öt oçiş buyurilgan. Şu bilan birga, texnikalar ham jangovar holatida, biroq ularni harakatlantiriş böyiça qismlar hali buyruq olmagan.
“Ular esa u yerda mast holatda, çunki juma-ku, kimdir döstlari bilan ötirgan, kimdir tuğilgan kunda bölgan. A bu yerda bum! Hamma tezlik bilan safarbar qilindi”, deydi manba.
Manbaning sözlariga köra, Rostov markazi hozir haqiqatan ham yopib qöyilgan. Uning ta’kidlaşiça, trevoga darajasi “oddiy favqulodda vaziyatlardagidan jiddiyroq”. Şu bilan birga, Rostovdan 500 kilometr uzoqlikdagi Kursk şahrida “hammasi tinç”, deya qöşimça qiladi u.
Kutilganidek, Sankt-Peterburgda jurnalistlar vaziyatni biliş uçun 2022 yil bahorida dabdaba bilan oçilgan “Vagner” markaziga borgan, ammo ommaviy axborot vositalari bino atrofida heç qanday faollikni topmagan.