Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023-2024 öquv yilida boşqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan ta’lim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxati tasdiqlandi.

Uşbu maktablarda dars beriş uçun boşqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar tölanadi. 

Bunda:

bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boşqa tuman va şaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

boşqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar tölanadi.

Uşbu maktablarda dars beriş uçun boşqa hududda kamida bir yil işlagan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglar jalb qilinadi.

Boşqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxatidan çiqarilgan yildan keyingi yil uçun ham tölanadi.