Tarixda Fransiyani ulkan imperiyaga va Yevropaning katta qismini özining vassaliga aylantirgan Napoleonning Rossiyada omadi kelmaydi. Aynan şarqqa qilingan katta hujum Napoleonning şuhratiga putur yetkazib, uning hokimiyatdan qulaşini tezlaştiradi.

Uruşgaça vaziyat va qit’a qamali

Heç qanday uruş öz-özidan sodir bölmaydi, unga bölgan vaziyat yillar davomida pişib yetiladi. Fransiyada amalda 1799 yilda hokimiyatni qölga olgan Bonapart «Napoleon yurişlari» deya ataluvçi zafarli uruşlarni boşladi. 1805 yilda Avstriya, 1806-1807 yillarda Polşa va Prussiyaga qarşi muvaffaqiyatli janglar qilindi, bungaça Italiya va boşqa hududlar ham böysundirilgandi.

1806 yilda Prussiya egallangaç, Napoleon keskin qaror qabul qildi: ğalabalardan mast bölgan imperator jahonning eng katta mustamlakaçilaridan biri — Britaniya imperiyasiga qit’a qamali e’lon qildi. Qit’a qamali Napoleon hukmronligi ostidagi yerlarda Britaniya bilan savdo qilişni taqiqladi. Okeanorti mustamlakalariga boy inglizlar iqtisodi katta jabr körsa-da, inqirozga uçramadi. Fransiyaning iqtisodiy qamali teskari ta’sir bera boşladi. Buning ustiga Rossiya qoğozda qit’a qamaliga qöşilişga rozi bölsa-da, betaraf bayroq ostida Britaniya bilan faol aloqalarni davom ettirdi. Bu Napoleonni ğazablantirdi.

Işning orqaga ketgani sabab imperatorga yana bir yirik va ğolibona uruş kerak edi. Prussiya va Avstriya qölloviga erişgan Napoleon katta, ammo iqtisodiy zaifroq bölgan Rossiya imperiyasiga uruş oçişga qaror qildi.

Uruş

Fransiyaning «Buyuk armiya»sida 600 mingdan oşiq askar bölgani aytiladi. Aytiş joizki, ularning yarmini fransuzlar taşkil etgan, qolgani vassal davlatlar vakillari edi. Fransuzlardan söng nemis va polyaklar köpçilikni taşkil etgan. Rossiya armiyasining 450 mingdan oşiq jangçisi bor edi, şuningdek, 600 mingdan oşiq kişi mobilizatsiya qilinadi.

Manbalarga köra, Napoleon uruşni tez tugatişni maqsad qilgan. U bevosita Rossiyani qöşib olişni emas, uni vassalga aylantirişni istardi. Asosiy niyat Britaniyani çöktiriş bölsa, Rossiya bu işda unga yordam berişi kerak edi. Hatto Napoleon Rossiya yordamida Hindistonga yurişni niyat qilgani aytiladi.