Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX: 2022 yilda 1279 ta narkojinoyat fosh etildi
Respublikada sintetik narkotik moddalarni musodara qilish holatlari ko‘payyapti.
2022 yilda Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 1279 ta narkojinoyat fosh etilgan.
Noqonuniy muomaladan 917 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, geroin, opiy, moddalari musodara qilindi.
Shuningdek, 373 ming 550 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, respublikada sintetik narkotik moddalarni musodara qilish holatlari ko‘payyapti.
Xususan, 2022 yilda 32 kgdan ortiq sintetik giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmadan olingan, ular asosan mefedron, amfetamin, “Alfa-PVP” va MDMA kabi narkotiklar hisoblanadi.
Xalqaro hamkorlik doirasida 2022 yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bilan birgalikda 9 ta faol tadbir va maxsus operatsiyalar o‘tkazilib, 11 nafar narkojinoyatchi ushlangan hamda 166,4 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026