Ijtimoiy tarmoqlarda bundan buyon oilaviy poliklinikada röyxatdan ötmagan fuqarolarga xizmatlar pulli bölişi haqida xabar tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati bu xabarga raddiya berdi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlarini joriy etiş jarayonida oilaviy poliklinika xodimlari fuqarolardan şaxsiy hujjat ma’lumotlarini talab qilinayotgani ayrim şaxslar tomonidan boşqaça talqin qilingani aholi örtasida miş-miş tarqalişiga olib kelgan.

“Afsuski, sönggi kunlarda davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlarining mohiyati töliq anglab yetilmasdan jamoatçilik orasida "endi oilaviy poliklinika xizmatlari pulli bölar ekan", degan notöğri tuşunça paydo bölmoqda.

Avvalo şuni aytiş kerakki, poliklinikada röyxatdan ötmagan aholiga pulli xizmatlar körsatilişi haqida internetda tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz. Normativ hujjatlarga köra, respublikaning barça fuqarolariga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar bepul taqdim etiladi.

Buning uçun fuqaro endilikda oilaviy şifokor qabuliga kelgan vaqtda şaxsiy hujjatlari ma’lumotlari asosida bir marta identifikatsiyadan ötişi lozim. Ya’ni “Elektron poliklinika”ga ma’lumotlarni kiritiş uçun fuqaro şaxsini tasdiqlovçi xujjatni taqdim etişi zarur”, deyiladi vazirlik raddiyasida.

Ta’kidlanişiça, 2023 yil 1 iyuldan Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy suğurtasi tizimi mexanizmlarini joriy etiş belgilangan. Buning uçun poytaxtdagi 71 ta oilaviy poliklinika, 12 ta köp tarmoqli markaziy polikliklinika va 40 ta şifoxona kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlanib, tibbiyot muassasalarini töliq raqamlaştiriş uçun barça şaroitlar yaratilgan.

“Mazkur tizim işga tuşgaç, fuqarolar davlat budjeti mablağlari doirasida kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniga ega böladi. Ya’ni elektron bazaga har bir fuqaro (bemor)ning şaxsiy ma’lumotlari, taşxisi, kasalliklari, olgan muolajalari haqida töliq ma’lumotlar kiritilib, şifokor şu asosda bemorni nazoratga oladi va profilaktika hamda davolaş çoralarini köradi. Qolaversa, bemorlar dorilarni elektron usulda ham olişi mumkin. Natijada oilaviy poliklinikalardagi navbatlarning oldi olinib, qatnovlar soni kamayadi”, deyiladi SSV xabarida.