Özbekiston iyun oyida rossiyaliklar örtasida aviaqatnovlarga bölgan talab böyiça yetakçi beştalikdan joy oldi. Bu haqda «Yandeks Puteşestviya» servisi tadqiqoti natijalariga tayanib, TASS xabar berdi.
Özbekiston parvozlar uçun eng maşhur yönalişlar röyxatida Ozarboyjonni ortda qoldirib, törtinçi örinni egalladi. Eng maşhur yönalişlar - Turkiya, Armaniston va Qozoğiston.
Qolaversa, arzon reyslar böyiça Özbekiston uçinçi örinda. Özbekistonga har ikki yönalişda sayohat har bir yölovçiga 25,9 ming rubl (Rossiya banki kursi böyiça 304 dollar) turadi.
Aviaçiptalar narxi böyiça Belarusga uçiş arzonroq - 11 000 rubl (129 dollar), Armanistonga esa - 25 700 rubl (302 dollar). Tailand, Xitoy va BAAga eng qimmat reyslar amalga oşiriladi.
2023 yil iyun oyida Rossiyaga qöşni davlatlarga aviaçiptalar narxi ötgan yilning şu davriga nisbatan 9 foizga oşib, 28,8 ming rublni (338 dollar) taşkil qildi.

















