Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi 700-son qaroriga asosan olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun avtotransport vositasi har bir ot kuchidan BHMning 0,7 foizi miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan.
Olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun avtotransport vositasi har bir ot kuchidan BHMning 0,7 foizi miqdorida yig‘imi BHMning 1 baravari miqdoriga o‘zgartirish kiritish belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, bojxona yig‘imini hisoblashda quyidagi mavjud muammolar oldi olinadi:
– bojxona to‘lovlari noto‘g‘ri hisoblanishi va undirilishi;
– elektromobillar soni ortishi munosabati bilan boshqa transport vositalari bilan birga yig‘imlarni bir xil hisoblash;
– ma’lumotlarni internet tarmog‘idan qidirish natijasida bojxona rasmiylashtiruvi vaqti ortib ketishi.















