Qirğiziston parlamenti deputati Oqilbek Tumonboyev Sooranbay Jeenbekovni Qirğiziston sobiq prezidenti maqomidan mahrum qilişni közda tutuvçi qonun loyihasini ilgari surmoqda.
Uning ta’kidlaşiça, davlat rezidensiyasida Sooranbay Jeenbekovning yaşaşi, uning xavfsizligini ta’minlaş va boşqa imtiyozlar uçun davlat budjetidan ketayotgan xarajatlarni hisoblab çiqiş haqida topşiriq bergan.
“Nafaqat unga, balki oilasi va qarindoşlariga ham davlat tomonidan imtiyozlar berilgan. Men bu masalani parlamentda kötaraman, tegişli qonun loyihasini kiritaman, prezident Sadir Nurgujoyeviçga murojaat qilaman va bu odamdan sobiq prezident maqomini olib taşlaşga harakat qilaman, çunki u bu maqomga loyiq emas”, deydi Oqilbek Tumonboyev.
Eslatib ötamiz, Qirğizistonning beşinçi prezidenti Sooranbay Jeenbekov 2020 yilning oktyabrida röy bergan tartibsizliklar ortidan iste’foga çiqişga majbur bölgandi. 16 oktyabrda u xalqdan keçirim sörab murojaat qilgandi.
Qirğiz parlamentida uni sobiq prezident maqomidan mahrum qiliş masalasi bir neça bor kötarilgandi. Mahalliy OAVning yozişiça, Qirğizistonning sobiq rahbarlari orasidan faqatgina Sooranbay Jeenbekov va Roza Otunboyeva eks-prezident maqomini saqlab qolişgan, Asqar Akayev, Qurmanbek Bakiyev va Almazbek Atambayev bu maqomdan mahrum bölgan.
Qirğiziston qonunçiligiga köra sobiq prezidentga jinoiy javobgarlikdan daxlsizlik maqomi, davlat xavfsizligi (töliq hajmda), bepul tibbiy xizmat (sobiq prezidentning özi uçun ham, yaqinlari uçun ham), davlat daçalaridan biridan umrbod foydalaniş, aeroportlar, vokzallar va boşqa vokzallardagi zallardan mansabdor şaxslar yoki delegatsiyalarni kutib oliş uçun bepul foydalaniş, ommaviy aloqa vositalaridan tekin foydalaniş huquqi beriladi. Şu bilan birga, sobiq prezidentning şa’ni va qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinadi.
Pensiya yoşiga yetgunga qadar sobiq davlat rahbari mamlakat prezidentiga tölanadigan oylik maoşning 75 foizi miqdorida har oy umrbod nafaqa oliş huquqiga ega.

















