Ukrainada uruşning 490-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- The New York Times naşri AQŞ maxsus xizmatlari ma’lumotiga tayanib, general Sergey Surovikin Prigojinning isyon uyuştiriş rejasidan xabardor bölgani haqida yozdi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni «spekulyatsiya va ğiybat» deb atadi. The Moscow Times naşri öz manbasiga asoslanib, Surovikin qölga olingani haqida xabar tarqatgan, ammo bu ma’lumot hozirça rasmiy manbalarda tasdiqlanmagan.
- Ivanovo oblasti gubernatori Vagner XHK isyoni vaqtida urib tuşirilgan Il-22 samolyoti ekipaji halok bölganini tasdiqladi. Region rahbari bortda neça kişi bölganiga aniqlik kiritmagan.
- Rossiya rasmiylari ilk marta «diversantlar»ning Belgorod oblastiga iyun oyi boşida amalga oşirgan reydi oqibatida halok bölganlar borligini tan oldi: 14 kişi halok bölgan, 10 kişi asir tuşgan.
- Kramatorskda rossiyaliklar raketasi zarbasi oqibatida halok bölganlar soni 12 nafarni taşkil etdi, yana 60 dan ortiq kişi jarohatlangan. Kremldagilar RF qurolli kuçlari fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermasligini ta’kidlagan. Rossiya mudofaa vazirligi Kramatorskda Ukraina qurolli kuçlari harbiylari dislokatsiya manzili nişonga olinganini iddao qildi.
- Odessa sudi Mikolayiv oblasti prokuraturasining sobiq rahbari Gennadiy Germanni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. U davlatga xiyonat qilişda aybdor deb topildi. Tergov ma’lumotlariga köra, German Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan va ularga Ukraina qurolli kuçlari hamda regiondagi vaziyat haqida ma’lumot yetkazib turgan.
Kun kadri. Donetsk öqqa tutilişi oqibati

































