Ukrainadagi urushning 491-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • General Sergey Surovikin, «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning tarafdorlaridan «tozalash» doirasida qo‘lga olingan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Financial Times o‘z manbasiga tayanib xabar bergan. Nashrning qayd etishicha, hozircha Surovikin isyonga aloqadorlikda ayblanayotgani yoki uni so‘roq qilish uchun qo‘lga olishgani ma’lum emas.
  • Jurnalistlar Dmitriy Peskovdan Surovikin qayerdaligi va u bilan nima bo‘layotganini so‘rashgan. RF prezidenti matbuot xizmati bu savolni mudofaa vazirligiga berishni tavsiya qilgan.
  • The Wall Street Journal xabar berishicha, AQSh Ukrainaga uzoq masofaga harakatlanuvchi ATACMS raketalarini berishga yaqin.
  • RF hukumati «Vagner» XHKning xorijdagi yollanma kuchlarini nazoratga olishga qaror qilgan, Yevgeniy Prigojinning mediaaktivlari uchun esa yangi xo‘jayin izlashmoqda.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi xabar berishicha, Prigojinning isyoni vaqtida Il-22M samolyoti urilib tushirilgani Rossiya amaliyotlari samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Polsha vagnerchilar Belarusga joylashtirilishi munosabati bilan chegalarini mustahkamlashga qaror qildi.

Kunning asosiy voqeasi. Xersonga zarba

29 iyun kuni kunduzi Rossiya Xerson bo‘ylab zarba berdi — turar joy binolari, tibbiy muassasalar, xizmat avtomobili, shuningdek shahar maktabi o‘qqa tutilgan, bu yerda «yengilmas punkt» (aholi elektr uzilgan vaqtda isinishi va tokdan foydalanishi mumkin bo‘lgan joy). Xerson oblasti ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin xabar