Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Bryusselda bölib ötgan sammit çoğida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani tiklaş uçun foydalaniş usuli böyiça kelişib oldi. Uçraşuv iştirokçilari uşbu aktivlardan olinadigan foyda uçun maxsus soliq joriy etiş böyiça «siyosiy konsensus»ga erişdi, dedi Belgiya boş vaziri Aleksandr De Kroo 30 iyun, juma kuni. Uning sözlariga köra, şu yöl bilan Ukrainani qayta tiklaş uçun har yili 3 milliard yevro yuboriş mumkin böladi.

YeIga a’zo 27 davlatning davlat va hukumat rahbarlari Yevrokomissiyaga qöşimça jihatlarni işlab çiqişni topşirdi. Uning raisi Ursula fon der Lyayyen tez orada taklif kiritişi kutilmoqda. Şu bilan birga, Bryussel «ehtiyotkorlik bilan» harakat qiladi, dedi fon der Lyayyen, huquqşunoslarning xavotirlariga işora qilib. 

Şu bilan birga, Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainani qayta tiklaş uçun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalaniş böyiça YeIning tezkor qaroriga işonmayapti. «Hammasi juda murakkab», dedi u Bryusseldagi tadbirda. Germaniya hukumati rahbarining sözlariga köra, hozirça buning uçun qanday huquqiy imkoniyatlar mavjudligini heç kim bilmaydi, şunga Yevrokomissiyaga bu masalani örganiş taklif qilingan. 

Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Yevropa Ittifoqi Moskvaga qarşi keng kölamli sanksiyalar kiritdi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, Yevropa Ittifoqidagi çeklovlar doirasida Rossiya Markaziy bankining 200 milliard yevrolik aktivlari va rossiyaliklarning 24,1 milliard yevrolik şaxsiy aktivlari bloklangan. Bryussel muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainani tiklaş uçun foydalanişni rejalaştirmoqda, ammo buning uçun Yevropa Ittifoqi qonunçilik tösiqlarini yengib ötişi kerak.