O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilyapti
O‘zbekiston bo‘yicha iyul oyining birinchi kunlari o‘rtacha issiq bo‘ldi. Hududning katta qismida havo harorati kunduz kunlari +37...+39 darajaga yetdi, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +40...+43 darajagacha bo‘ldi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +31...+32 darajagacha pasaydi.
Bugun salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqala boshladi. Kunduzi havo harorati +33...+36 darajagacha, janubda +40 darajagacha pasayadi. Me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan bunday harorat foni ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.
3-7 iyul kunlari ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, 4 iyulda kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
3-4 iyul kunlari eng chekka janubda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan +34...+36 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024