Tadbir davomida o‘zbekistonlik diplomatlar joriy yil 6 fevral kuni «asr falokatini» boshidan kechirgan turk xalqiga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi. Fojianing birinchi kunidan boshlab o‘zbek xalqi turk birodarlariga yordam qo‘lini cho‘zishgani, Qurbon hayiti arafasida mustahkam uy-joy qurishdan oldin ushbu masalaning eng yaxshi yechimi bo‘lgan konteynerlarni topshirish o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalarini yana bir karra tasdiqlagani ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hatay provinsiyasini tiklash, jumladan, yaqin do‘stlik va hamjihatlikning yana bir yorqin timsoliga aylanadigan yangi uy-joylar hamda boshqa infratuzilma obektlarini barpo etish borasidagi tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston diplomatlari Ovakent tumanida yashayotgan etnik o‘zbeklarning savollariga batafsil javob berdi.