Kishinyov aeroportida otishma uyushtirgan Tojikiston fuqarosi vafot etdi
Rustam Ashurov olgan jarohatlaridan hushiga kelmay vafot etgan. U Moldovaga kirmoqchi bo‘lganida ikki chegarachini o‘ldirgan.
30 iyun kuni Kishinyov aeroportida chegara xizmatining ikki zobitini otib o‘ldirgan Tojikiston fuqarosi Rustam Ashurov olgan jarohatlaridan vafot etdi. Bu haqda 3 iyul, dushanba kuni Moldova Ichki ishlar vazirligi bosh politsiya inspeksiyasida ma’lum qilindi. Qo‘lga olish paytida Ashurov o‘nta o‘q jarohati olgan, o‘pkasining bir qismi kasalxonada olib tashlangan, u o‘ziga kelmagan.
Ashurov Turkiyadan Kishinyovga uchib kelgan. U Dushanbe shahrida, mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruh tarkibida «Oriyenbank» raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatulloyevni o‘g‘irlashda ishtirok etganidan keyin Yevropa davlatlaridan birida boshpana topishga uringan. O‘g‘irlash 23 iyun kuni sodir bo‘lgan. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi o‘g‘irlangan shaxsni topishga yordam beradigan ma’lumot uchun 30 ming dollar mukofot e’lon qilgan, biroq hozircha bu natija bermagan.
Aeroportdagi otishma pasport nazorati xodimlari erkakka Moldovaga kirishiga ruxsat bermaganidan keyin boshlangan. Chet el fuqarosini jo‘nab ketayotgan mamlakatga qaytishini rasmiylashtirish uchun steril zonaga kuzatib borishga qaror qilingan, biroq u politsiyachidan qurolini tortib olib, o‘q otishni boshlagan.
Oqibatda ikki kishi - chegara politsiyasi va aeroport xavfsizligi xodimlari halok bo‘lgan, bir yo‘lovchi jarohatlangan. Erkak aeroport binolaridan birida garovga olinganlar bilan o‘zini to‘smoqchi bo‘lgan, biroq yaralangan va ushlangan.
Voqea munosabati bilan Kishinyov xalqaro aeroportida maxsus ish rejimi joriy etilgan va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Aeroport faqat 1 iyul kuni tushdan keyin normal ish rejimiga qaytdi.
Mavzuga oid
15:19 / 01.07.2023
Kishinyov aeroportida to‘pponchadan o‘t ochgan odam Tojikistonda qidiruvda bo‘lgan
21:30 / 30.06.2023
Kishinyov aeroportida yo‘lovchilardan biri o‘qotar quroldan o‘t ochdi - u «Vagner» jangarisi bo‘lishi mumkin
13:16 / 01.06.2023
Zelenskiy Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida qatnashish uchun Kishinyovga bordi
23:18 / 21.02.2023