Jahon | 15:19 / 01.07.2023
9516
2 daqiqa o‘qiladi

Kishinyov aeroportida to‘pponchadan o‘t ochgan odam Tojikistonda qidiruvda bo‘lgan

Moldova poytaxti Kishinyov shahri xalqaro aeroportida otishma uyushtirib, ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan tojikistonlik 43 yoshli Rustam Ashurov Tojikistonda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi.

Kishinyov aeroporti favqulodda holat chog‘ida. Foto: Euronews

U Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida “Oriyonbonk” top-menejyeri, bank raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatiulloyevni o‘g‘irlab ketganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Tojkiston Bosh prokuraturasi xabar qilgan.

Tojikiston Bosh prokuraturasining xabariga ko‘ra, bankir 23 iyun kuni o‘g‘irlab ketilgan.

«Surishtiruv ishlari mobaynida uyushgan joniy guruh a’zolaridan biri Tojikiston Respublikasi fuqarosi, 1980 yilning 25 martida tug‘ilgan A Ashurov Rustam Karimovich ekani aniqlangan. U Turkiya Respublikasi orqali Moldova Respublikasiga keyinchalik Yevroi Ittifoqi davlatlaridan birida yashirinish uchun qochib o‘tgan», – deyiladi bayonotda.

Avvalroq Kishinyovga Turkiyadan uchib kelgan va mamlakatga kirish taqiqlangan xorijlik fuqaro o‘zini qayta uchib ketish zonasiga kuzatib borayotgan chegarachining to‘pponchasini qo‘lga kiritib, uni otib o‘ldirgani, so‘ngra yo‘lovchilardan biriga ham o‘q uzib o‘ldirgani, keyinchalik aeroport binosi maxsus xizmatlarning shturmi natijasida qo‘lga olingani ma’lum qilingan edi.

 

 

Mavzuga oid