Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kishinyovda muz ustidagi shou vaqtida akrobat qiz balandlikdan quladi
Kishinyovda tryukni bajarish chog‘ida akrobat qiz balandlikdan yiqilib tushdi.
Kishinyovda muz ustidagi shouda tryuk ko‘rsatayotgan akrobat qiz balandlikdan qulab tushdi. Bu haqda Moldovaning Omniapres portali xabar berdi.
Voqea «Arena-Kishinev» sahnasida «Alouddin va 1001 kecha ertaklari» shousi chog‘ida sodir bo‘lgan. Sahnada o‘z chiqishini ijro etayotganda artist qiz arqondan tushib ketib, taxminan uch metr balandlikdan muz ustiga qulagan.
Shifokorlar jabrlanuvchini tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketishdi.
Shou tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat inson omili tufayli ro‘y bergan, akrobat qiz ishlatgan asbob-uskunalar mukammal holatda bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:41 / 02.01.2025
Kishinyovda yangi yil chiroqlari energiya inqirozi tufayli o‘chirildi
09:17 / 04.07.2023
Kishinyov aeroportida otishma uyushtirgan Tojikiston fuqarosi vafot etdi
15:19 / 01.07.2023
Kishinyov aeroportida to‘pponchadan o‘t ochgan odam Tojikistonda qidiruvda bo‘lgan
21:30 / 30.06.2023