Jahon | 10:06 / 05.07.2023
8571
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Belarusda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat «falokatli»

BMT maxsus ma’ruzachisi yangi hisobotiga ko‘ra, Belarusda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishda davom etmoqda.

Minskda qo‘lga olingan namoyishchi / Foto: Getty Images

Belarusda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat, BMTga ko‘ra, «falokatli» va tobora yomonlashmoqda. Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko rejimi fuqarolik jamiyatidagi so‘nggi muxolifatchilarga qarshi maqsadli kurashmoqda, dedi BMTning Belarus bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Anais Maren 4 iyul, seshanba kuni BMT Inson huquqlari kengashining 53-sessiyasida o‘zining yangi hisobotini taqdim etar ekan.

«Vaziyat falokatli bo‘lib qolmoqda. Afsuski, u yomonlashishda davom etmoqda», - dedi Maren. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar siyosiy sabablarga ko‘ra jinoiy ta’qiblar va jazolarning keskin oshishiga olib keldi. «Inson huquqlari buzilgani uchun javobgarlikning yo‘qligi qurbonlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida qo‘rquv muhitini yuzaga keltirmoqda», — dedi fransuz eksperti.

Maren ikki yil oldin u Inson huquqlari kengashini Minskda «totalitar burilish» haqida ogohlantirganini esladi, buni 2020 yilda namoyishlarni bostirish paytida «inson hayoti va qadr-qimmatini mensimaslik» isbotlaydi. 1500 dan ortiq odam siyosiy ayblovlar bilan hibsda qolmoqda. 2020 yildan beri kuniga o‘rtacha 17 ta o‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar sodir bo‘ldi, dedi u yillik hisobotida.

«Belarusda 2020 yilda o‘n minglab tinch namoyishchilarning o‘zboshimchalik bilan qo‘lga olingani, shuningdek, ularning ko‘pchiligi zo‘ravonlik va qiynoqlarga uchragani uchun hech kim javobgarlikka tortilmadi», dedi Anais Maren.

Mavzuga oid