Buxoro Muruvvat nogironligi bölgan şaxslar uçun ayollar internat uyida salkam 35 yildan buyon uşbu yaşab kelayotgan 5 nafar ayolning na tuğilganlik haqidagi guvohnomasi va na şaxsini tasdiqlovçi hujjati bölgan. Ayollarning şu kunga qadar şaxsini tasdiqlovçi hujjat oliş masalasi bir neça marotaba kötarilgan bölsa-da ijobiy natija bölmagan.
Aniqlanişiça, imkoniyati çeklangan uşbu şaxslar 1995 yillarda tibbiy varaqa orqali Muruvvat uyiga qabul qilingan. Mazkur masala Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili nazoratiga olindi. 6 oylik örganişlardan söng FHDYo organlari uşbu ayollarning tuğilganlik faktini belgilaş uçun hujjatlar yetarli bölmagani sabab şaxsni tasdiqlovçi hujjat beriş masalasini körib çiqişni rad etdi. Şundan söng nogironligi sabab ularning layoqatsizligi hisobga olinib, ombudsman tomonidan fuqarolikni belgilaşni sörab fuqarolik işlari böyiça Buxoro tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) axborot xizmatiga köra, mazkur masala Muruvvat uyida sayyor sud majlisida körib çiqildi. Sud tomonidan 5 nafar fuqaro manfaatida kiritilgan ombudsman arizasi töliq qanoatlantirildi. Barça tegişli hujjatlar asosida fuqarolarga ID kartalar rasmiylaştirildi va egalariga topşirildi.

















