Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi
Foto: Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi

Saudiya Arabistonida 26 iyundan 2 iyulga qadar davom etgan Haj-2023 mavsumi nihoyasiga yetdi. Qirollik Haj va Umra vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yilda Haj mavsumida mamlakatga 1 million 845 mingdan ortiq ziyoratchilar kelgan.

Ularning 184,1 mingi mahalliy fuqarolar, boshqa davlatlardan kelgan ziyoratchilar soni 1 million 661 mingga yaqin. Umumiy hisobda, Hajga jami 969,6 ming erkak ziyoratchi, 875,3 ming ayol ziyoratchilar tashrif buyurgan.

Haj mavsumida ziyoratchilarga 180 million shishadan ortiq zamzam suvi tarqatildi. Har bir ziyoratchiga Qirollikdan bittadan katta idishda (10 litrlik) Zamzam suvini olib chiqib ketishga ruxsat berilgan.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va hidoyat vazirligi tomonidan ziyoratchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan 2 million nusxa Qur’oni Karim kitoblari – Mushaflar tarqatilmoqda.