Financial Times Surovikin qölga olingani, Bloomberg uni isyon bilan boğliq iş böyiça bir neça kun söroq qilişgani, generalning qizi esa otasi iş joyida ekanini yozdi. Prigojin va Surovikin uruş boşidan buyon yaxşi munosabatda bölib kelardi. BBC Surovikin va Prigojinning uzoq yillik munosabatlarini tahlil qildi.

Hammasi Suriyada boşlangandi

Özini mustaqil deb e’lon qilgan «LXR » safida ikki yil jang qilgan luhansklik Andrey (ismi xavfsizlik nuqtayi nazaridan özgartirilgan) 2016 yil bahorida bir neça quroldoş döstlari bilan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga qöşilib, Suriyaga ketişga qaror qiladi. Bu vaqtda ikkinçi Minsk kelişuvi imzolangan va Ukraina şarqida harbiy harakatlar töxtab qolgandi. Şu bois, u yerdagi pul uçun uruşib yurganlar yangi tirikçilik manbasi qidirib qoladi. Frontda ularga talab yöq, tinç hayotga qaytişni esa ularning özi xohlamasdi.

Bu vaqtda Suriya prezidenti Başar Asad 5 yil davomida qurolli muxolifat bilan keçgan janglarda mamlakatning katta hududi ustidan nazoratni boy berib bölgandi. Rossiya 2015 yil sentabr oyida Suriyaga yordamga yetib boradi. Bu vaqtda mamlakat Ukrainaga qarşi uruş sabab xalqaro sanksiyalarga uçray boşlagandi. Putin Suriya mojarosida iştirok etiş orqali Rossiyani xalqaro maydondagi muzokaralarga qaytarişlariga umid qiladi. Rossiya hukumati Suriyadagi harbiy maqsadlar faqat aviatsiya kuçlari orqali amalga oşirilişi, Suriya yerlarida rus harbiylari ölmasligiga söz beradi. Şu tariqa, Suriya hududida Putin öşa voqealardan 7 yil ötib davlat tomonidan moliyalaştirilişini tan olgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining nolegal yollanma jangçilari paydo böldi.

Andreyning Suriyaga xizmat safari atigi uç hafta davom etadi. Luhansklik yigit Suriyaga borganining 21-kunida topşiriqni bajarib qaytayotgan samolyot ular joylaşgan binoga FAB-500 bombasini (sovet davrida işlab çiqarilgan 500 kilolik aviabomba) taşlaydi. Andrey samolyot Rossiya harbiy kosmik kuçlariga tegişli bölgani, portlaş oqibatida 6 nafar quroldoşi halok bölganini aytadi. Uning sözlariga köra, portlaş vaqtida hojatxonaga çiqqani sabab omon qolgan.

Öşa vaqtda bunday portlaşlar Suriya uçun odatiy hol edi. Moskvaga yuriş vaqtida harbiy uçuvçilarni öldirişda ayblangan Prigojinning odamlari Suriyadagi bunga öxşaş voqealar haqida isyondan keyin ehtiyotkorlik bilan öz Telegram-kanallarida ayta boşladi.