Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonliklar O‘zbekistonga dori vositalarini olib o‘tish uchun kontrabanda kanalini tashkil qilgan
Qirg‘izistonda O‘zbekistonga yuborish uchun tayyorlab qo‘yilgan qimmatbaho dori vositalari aniqlandi.
Qirg‘iziston fuqarolari retsept bo‘yicha sotiladigan dori vositalarini kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib chiqish bilan shug‘ullangan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Qadamjoy tumani, Markaz qishlog‘ida yashovchi qirg‘izistonlik R.S.G. maxsus xizmat xodimlariga 9 ming 600 plastinka «Zardeks» (Hindistonda ishlab chiqarilgan) dori vositasini o‘z ixtiyori bilan topshirgan. Uning O‘zbekiston qora bozoridagi narxi 288 ming dollar (qariyb 3,3 mlrd so‘m) ekani aytilmoqda.
«Kontrabanda kanali tashkilotchisi G.I.N. yashash joyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida «Tropikamid» preparati (ko‘z tomchilari) olib qo‘yildi. Zarar miqdori qariyb 5,9 mln qirg‘iz so‘mini (778 mln so‘m) tashkil etdi. Qo‘lga kiritilgan giyohvand moddalar ruxsatnomasiz Qirg‘izistonga olib kirilgan. Ularni O‘zbekistonga jo‘natishmoqchi edi. Fuqaro G.I.N. vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026