Erdo‘g‘an Ukrainani NATO a’zosi bo‘lishga munosib deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralardan so‘ng Ukrainani NATO a’zosi bo‘lishiga munosib, deb ta’kidladi.

Erdo‘g‘an va Zelenskiy uchrashuvi. Foto: president.gov.ua
«Anado‘lu» agentligining yozishicha, Turkiya prezidenti Zelenskiy bilan muzokaralardan so‘ng «Ukraina, shubhasiz, NATO a’zosi bo‘lishga munosib», degan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish uchun barcha sa’y-harakalarni ishga solgan, bir necha bor «Ukraina hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagan».
«Biz, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy, humanitar va texnik sohalarda muayyan ko‘maklarni ko‘rsatib, Ukraina bilan birdamligimizni amalda namoyon etdik», — degan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya sharofati bilan g‘alla bitimi tuzilganini ham yodga olgan.
«Umid qilamanki, bir yil ichida muhtojlarga 33 million tonna g‘alla yetkazilishini ta’minlagan mazkur tashabbus 17 iyul kuni yana uzaytiriladi», — degan Turkiya yetakchisi.
Avvalroq RF TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Vershinin g‘alla bitimi kelishuvga rioya qilinmayotgani sababli 18 iyul kuni nihoyalanishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.
Bundan tashqari, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an avgust oyida mamlakatga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurishini ham e’lon qildi. Erdo‘g‘anga ko‘ra, muzokara mavzularidan biri asirlar almashish bo‘ladi.
«Biz ayniqsa asirlar almashish masalasida Ukraina tomonidan prezident Zelenskiyni eshitdik. Men bu masalani janob Putin bilan muhokama qilganman, kelgusi oyda janob Putin Turkiyaga tashrif buyuradi. Bizda bu masalani yuzma-yuz muhokama qilish imkoniyati bo‘ladi», — degan Erdo‘g‘an.
Ukraina o‘tgan yilning sentabr oyida NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg iyun oyida Ukraina uchun «NATO eshiklari doimo ochiq» ekanini ma’lum qilgan, biroq uning alyansga a’zo bo‘lish masalasi Ukrainaning «g‘alabasi»dan keyingina muhokama qilish uchun imkonli bo‘lishini ta’kidlagan.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Jo Bayden CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida «Ukrainani NATO oilasiga qabul qilishda ayni damda alyansda birdamlik borligi»dan shubha qilishini bildirgan edi. Rossiyaning keng miqyosli bosqini bartaraf etilmagunga qadar Ukrainani Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shish NATOni mojaroga aralashuviga olib kelishi mumkin, degan Amerika yetakchisi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

16:43 / 10.05.2025
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi

13:01 / 10.05.2025