«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, 9 iyul kuni poytaxtda avtobuslar harakati soat 05:00 dan boshlanadi.

Bundan tashqari, 9 iyul kuni Toshkent metrosi harakati ish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida tashkillashtiriladi.

Joriy yilning 9 iyul, yakshanba kuni Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati ishida o‘zgarish yuz beradi. Shu kuni metro harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi.

Joriy yil 9 iyul kuni mamlakatda muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tkaziladi.