WSJ: «FSB»ning maxsus bo‘linmasi Rossiyadagi amerikaliklarni kuzatmoqda
Rossiyada jurnalist Evan Gershkovich va AQSh sobiq dengiz piyoda askarlari Pol Uilan hamda Trevor Ridning qo‘lga olinishida «FSB»ning aksilrazvedka operatsiyalari departamenti ishtirok etgan, deb yozadi WSJ.

Foto: FSB
«FSB»ning Aksilrazvedka operatsiyalari departamenti (AROD) deb nomlangan maxfiy bo‘linmasi bir necha yillardan beri Rossiyada yuqori martabali AQSh fuqarolarini kuzatib, ularning uylariga eshitish moslamalarini o‘rnatgan, elchixona xodimlari orasidan ma’lumot beruvchilarni yollagan va AQSh dengiz piyoda askarlaridan maxfiy ma’lumotlarini bilish uchun yosh ayollardan foydalangan. Bu haqda 7 iyul, juma kuni chop etilgan The Wall Street Journal onlayn-nashrining surishtiruvida aytiladi.
Gazetaning nomi oshkor etilmagan amerikalik va boshqa g‘arb diplomatlariga tayanib yozishicha, aynan AROD The Wall Street Journal gazetasining Rossiyadagi muxbiri Evan Gershkovich, shuningdek, Rossiyadagi yana ikki amerikalik, sobiq dengiz piyoda askarlari Pol Uilan va Trevor Ridni qo‘lga olishda yordam bergan. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, AROD-1 bo‘linmasi xodimlari amerikaliklar va kanadaliklarni kuzatish uchun javobgardir.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha AROD xodimlari kuzatilayotgan shaxsga uning kuzatuv ostida ekanligini tushuntirish uchun ataylab iz qoldiradi. Nashrning ta’kidlashicha, bunday «tashrif qog‘ozlari» masalan, hojatxona o‘rindig‘idagi o‘chirilgan sigareta bo‘lishi mumkin, deyiladi ma’lumotda.
«ARODdan amerikalik jurnalistlarni kuzatish, rossiyalik axborot yetkazib turuvchilarni ularning tahririyatiga joylashtirish yoki yollash hamda ularning xabarlari haqida batafsil eslatmalarni olish uchun foydalanilgan», deb yozadi WSJ AQSh rasmiylari va maxsus xizmatlar mavzusiga ixtisoslashgan rossiyalik jurnalist Andrey Soldatov ma’lumotlariga tayanib.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 29 martida aynan AROD nashr xodimi Evan Gershkovichni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirgan. Bu haqda Rossiya prezidenti jurnalist ushlanishidan oldin va keyin ma’lumot olgan, deb xabar berdi WSJ manbalari. Bundan tashqari, u «FSB»ning ARODni nazorat qiluvchi aksilrazvedka xizmati rahbari Vladislav Menshikov bilan uchrashgan va operatsiya tafsilotlari bilan qiziqqan.
Shu bilan birga, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aprel oyida Putinning amerikalik jurnalistning qo‘lga olinishiga aloqadorligi haqidagi taxminlarni rad etdi.
WSJ maqolasi mualliflari bir qator idoralardan o‘zlarining surishtiruv ma’lumotlariga izoh berishni so‘radi. «FSB» va Kreml matbuot xizmati ularning iltimosiga javob bermadi. AQSh Davlat departamenti va AQShning Moskvadagi elchixonasi izoh berishdan bosh tortdi. Evan Gershkovichning advokatlari ham shunday qildi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Baxti Tashkentskiy”ning odami ekani aytilgan shaxs 8 yilga qamaldi
Jamiyat | 20:31
-
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 20:26
-
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?
Jahon | 19:34
-
Putin Turkiyaga nega «ikkinchi tarkib»ni yubordi?
Jahon | 19:17
Mavzuga oid

19:34
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?

18:18
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

18:16
Rossiyada migrantlarning farzandlarini o‘qitishni pulli qilish taklif etildi

16:01