Abror Şamarov ma’lum sabablarga köra turmuşidan ajraşgan, 4 farzanddan 3 nafari ota bilan yaşayotgandi. 2021 yilning 30 noyabr kuni Abror bolalarini köriş uçun kelgan turmuş örtoği bilan tortişib qoladi va tortişuv vaqtida uning tilidan “harom” degan söz işlatiladi. Turmuş örtoğini haqorat qilgani uçun avval ham MJtKning tegişli moddasi bilan ma’muriy jazoga tortilgan Abrorga şu söz qimmatga tuşdi.
Ayol IIBga murojaat qiladi va endi unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismi (ma’muriy jazo qöllanganidan keyin 1 yil içida takroran haqorat qiliş) bilan iş qözğatiladi. Işni körib çiqqan JIB Toşkent tuman sudi sudyasi Mirali Mirrahimov Abror Şamarovni Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismi (haqorat qiliş) bilan aybli deb topgan va 5,7 mln söm jarima jazosi tayinlagan.
Iş 2022 yil Toşkent viloyati sudi jinoiy işlari böyiça sudlov hay’atida qayta körilib, Toşkent tumani sudining çiqargan hukmi bekor qilinadi va Şamarov oqlanadi.
Şu bilan adolat tiklanganday bölib turgan bir vaziyatda ayolning şikoyati böyiça işni körib çiqqan Oliy sud kassatsiya instansiyasi oqlovni bekor qilib, qayta köriş uçun işni apellyatsiya instansiyasiga yuborgan.
Darvoqe, Şamarovga nisbatan oqlov hukmida ta’kidlanişiça, dastlabki tergov organi va birinçi instansiya sudi Oliy sud Plenumi qarorlari tuşuntirişlariga rioya qilmasdan, Abror Şamarovni ayblaş uçun (!) faqatgina guvohlarning isbotini topmagan körsatuvlarini asos qilib olgan.
Bundan taşqari, sudga oid lingvistik ekspertiza xulosasiga köra, taqdim etilgan diskdagi videolavhada Abror Şamarov turmuş örtoği bilan tortişuvda “haromi” sözini işlatmagani, “harom” sözini şar’iy nuqtayi nazardan taloq ma’nosiga tenglaştirib qöllagani aniqlangan.
Oliy sud iş adolatli körib çiqilişini, taniş-bilişçilikka yöl qöyilişining oldini oliş maqsadida takroriy apellyatsiyani Sirdaryo viloyati sudi jinoiy işlari böyiça sudlov hay’atiga yukladi.
Oliy sudning ma’lum qilişiça, mazkur iş doirasida yaqinda bölib ötgan sud majlisida xotinini haqorat qilganlikda ayblangan er qayta oqlandi. Ya’ni, sud hukmi bilan jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudining 2022 yil 9 fevraldagi hukmi bekor qilindi. Şuningdek, Abror Şamarovning qilmişida jinoyat tarkibi bölmaganligi sababli Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan reablitatsiya qilinib, u oqlandi: sud uni turmuş örtoğini haqorat qilmagan, deb topdi.
Toşkent tumani IIB tergovçilari hamda jinoyat işlari böyiça tuman sudi sudyasining bu kabi “adaşiş”lari insonlar uçun qimmatga tuşmoqda. Adolat maskanida adolatsizlik qilayotganlarga çora köriladimi yoki yöq, buni vaqt körsatadi.

















