Kun.uz oldinroq jinoyat işlari böyiça Toşkent tuman sudi va tuman IIB tergovçilari tomonidan qilingan adolatsizliklar haqida yozgandi.
Xususan, dökonda sotuvçilik bilan şuğullanib kelgan 20 yoşli Abdurahim Abduğaniyev taqiqlangan ekanini bilmagan holda internetdan diniy material yuklab (“skaçat”) olib, örtoğiga yuborgani uçun mazkur sud hukmi bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Asli Qozoğiston fuqarosi bölgan Abror Şamarov esa sobiq turmuş örtoğiga özaro tortişuvda “harom” degan sözni işlatgani uçun jazoga hukm qilingandi.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudining mazkur işlar doirasida çiqarilgan hukmlari yuqori instansiyada “sindi”. Jumladan, Toşkent viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimi bilan Abdurahim Abduğaniyevga çiqarilgan sud hukmi özgartirildi va unga nisbatan 3 yil-u 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Ta’kidlanişiça, dastlabki sud jazo tayinlaşda Oliy sud Plenumining tegişli qaroridagi tuşuntirişlarga rioya qilmagan.
Garçi jazo birmunça yengillagan bölsa-da, mahkumning yaqinlari va advokati adolatsizlik hamon barham topmagan deb hisoblaşmoqda. Advokatning dalillar keltirişiça, Abdurahim Abduğaniyev bu işda aybsiz bölib, u oqlanişi zarur.
Fuqaro Abror Şamarov Toşkent viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining hukmi bilan yana bir bor oqlandi va unga oid jinoyat işi tugatildi. Sudga oid lingvistik ekspertiza xulosasiga köra, taqdim etilgan diskdagi videolavhada Abror Şamarov turmuş örtoği bilan tortişuvda “haromi” sözini işlatmagani, “harom” sözini şar’iy nuqtayi nazardan taloq ma’nosiga tenglaştirib qöllagani aniqlangan. Mazkur iş doirasida ham jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudi jazo tayinlaşda jiddiy xato qilgan: aybi belgilangan tartibda isbotlanmagan, işda uni ayblaş uçun asos böluvçi biror-bir dalil bölmagan vaziyatda Abror Şamarovga nisbatan ayblov hukmi çiqargan.
Toşkent tumani IIB tergovçilari hamda jinoyat işlari böyiça tuman sudi sudyasining bu kabi “adaşiş”lari insonlar uçun qimmatga tuşmoqda. Adolat maskanida adolatsizlik qilayotganlarga çora köriladimi yoki yöq, buni vaqt körsatadi.
Sudyalar oliy kengaşi va IIVdan munosabat kutib qolamiz.

















