“Kuni keça ötkazgan matbuot anjumanimizdan söng saylov iştirokçilaridan qonunbuzilişi holati mavjudligini tekşirib köriş uçun jami 5 ta xabar va murojaat kelib tuşdi. Uşbu murojaatlar Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hisobiga töğri keldi.

Aytib ötişim kerak, ularning barçasi fuqarolarning prokuratura organlaridagi 1007 raqamli işonç telefoniga qilgan murojaatlari hisoblanadi. Örganişlar natijasida qayd etilgan holatlarning 1 tasi öz tasdiğini topmagan bölsa, qolgan 4 tasi böyiça murojaat etgan fuqaroga tuşuntiriş berildi.

Albatta, uşbu murojaatlar tezkor körib çiqilib, barça masalalar joyida hal etildi. Şu örinda, uşbu fuqarolarimizga ham faolligi uçun alohida minnatdorçilik bildiramiz”, deya Şohrux Aminovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boş prokuratura mulozimiga köra, siyosiy tadbirda qonun ustuvorligini ta’minlaş uçun 3 mingga yaqin xodimlarimiz safarbar etilgan, 218 nafar alohida tayyorlangan xodimlardan tarkib topgan Boş prokuratura va hududiy prokuraturalardagi Işçi guruhlar tizimli ravişda iş olib borgan.

Foto: Boş prokuratura axborot xizmati

Xususan, saylovga doir ma’lumotlarni monitoring qiliş va qonunbuzilişi holatlarini aniqlaşga qaratilgan tadbirlar doirasida Internet butunjahon axborot tizimi hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan 1100 dan ortiq xabarlar örganildi, ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlari sinçkovlik bilan kuzatib borilgan.

Xalqaro taşkilotlar vakillari hamda keng jamoatçilik bilan yaqindan hamkorlik örnatilib, ma’lumotlar uzluksiz almaşilgan. Markaziy saylov komissiyasi va boşqa mutasaddi idoralar bilan tezkor muloqot örnatilib, özaro axborot almaşinuvi amalga oşirilgan. Şuningdek, prokuratura organlarining barça böğinlarida taşkil etilgan 24 soatlik uzluksiz navbatçilikda 500 ga yaqin xodimlar xizmat olib borgan. Hududlardagi vaziyat haqida real vaqt rejimida axborotlar olib turilgan.

“Ta’kidlamoqçimanki, kuzatuvçilar, partiya vakillari va boşqa fuqarolik jamiyati institutlaridan ham e’tirozlar kelib tuşmadi. Hozirga qadar ötkazilgan örganişlar natijasiga köra, saylov jarayonida jiddiy qonunbuzilişlarga yöl qöyilganligi aniqlanmadi.

Tahlillarimiz, nazorat tadbirlari, kuzatuv va monitoringlarimizdan kelib çiqib, saylovda qonuniylik tölaqonli ta’minlandi, deb hisoblaşga barça asoslarimiz bor. Albatta, saylovda qonuniylik yuqori darajada ta’minlanişiga bir qator omillar özining ijobiy ta’sirini körsatdi.