O‘zbekiston | 08:22 / 10.07.2023
5585
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari Xitoy bozoriga yetkazib berilishi mumkin

O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari tashrif bilan Janubiy Xitoyning Guansi avtonom rayoniga bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: iStock

Safar davomida Guansi avtonom rayoni Tashqi ishlar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Song Xay Jin, Tijorat vazirligi hududiy departamenti direktori o‘rinbosari doktor Yuye Syumey va Xitoy xalqaro savdoni rag‘batlantirish tashkiloti raisi Yang Yan bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy va turizm aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Hudud Tashqi ishlar departamenti rahbariyati bilan muloqotda hududlararo hamkorlik, madaniy va turizm aloqalarini rivojlantirish xususida fikr almashildi.

Tomonlar hududiy korxonalar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini ta’kidladi. Qishloq xo‘jaligi va turizm yo‘nalishlarida hamkorlik qilish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Tijorat vazirligi hududiy departamenti direktori o‘rinbosari doktor Yuye Syumey bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xitoy xalqaro savdoni rag‘batlantirish tashkilotidagi uchrashuvda tomonlar hududiy tadbirkorlar va biznes vakillari ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy tomoniga mamlakatdagi biznes vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlari va respublika tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli qurilish materiallari, ekologik toza qayta ishlangan mahsulotlarni Guansi bozoriga yetkazib berishga tayyorlik bildirildi.

Mavzuga oid