Zelenskiy va Duda birgalikda Volin qirg‘ini qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
«Xotira bizni birlashtiradi! Birgalikda biz kuchliroqmiz!» – dedi Zelenskiy Lutskda Polsha prezidenti Duda ishtirokidagi xotira tadbiriga e’lon qilinmagan tashrifini izohlar ekan.

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Polsha davlat rahbari Anjyey Duda 9 iyul, yakshanba kuni Ukraina g‘arbidagi Lutsk shahrida bo‘lib o‘tgan e’lon qilinmagan uchrashuv chog‘ida Ikkinchi jahon urushi paytida yuz bergan Volin qirg‘ini qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
«Biz birgalikda Volinning barcha begunoh qurbonlari xotirasini hurmat qilamiz! Xotira bizni birlashtiradi! Biz birgalikda kuchliroqmiz!» - deya Zelenskiy Telegram’da xotirlash marosimidan olingan suratlar ostida ukrain va polyak tillarida yozdi.
Avvalroq, Volindagi fojiali voqealarning 80 yilligi munosabati bilan Polsha va Ukraina cherkovlari vakillari ularni har tomonlama tekshirishga chaqirgan edi.
May oyida Polsha Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lukash Yasina Onet nashriga bergan intervyusida Volodimir Zelenskiy «ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi» va Volin qirg‘ini uchun Varshavadan kechirim so‘rashi kerakligini aytdi.
«O‘ylaymanki, Ukraina tomoni hozirda bu masala polyaklar uchun qanchalik muhim ekanini haligacha to‘liq tushunib yetmayapti», — dedi Yasina. Uning qayd etishicha, polyaklar Polsha tomonidan ukrainaliklarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olgan. «Ukraina tomonidan bunday mas’uliyat yo‘q, garchi ko‘p narsa yaxshi tomonga o‘zgargan bo‘lsa ham», - dedi u.
Yasinaning bu bayonotiga munosabat bildirgan Ukrainaning Polshadagi elchisi Vasiliy Zvarich bayonotlarda hurmat va muvozanatga chaqirdi. «Ukraina yoki Ukraina prezidentiga umumiy o‘tmishimizga nisbatan nima qilishimiz kerakligini yuklash bo‘yicha har qanday urinishlar qabul qilib bo‘lmaydigan narsadir. Biz tarixni eslaymiz va bayonotlarda hurmat va muvozanatni saqlashga chaqiramiz», deb yozdi Zvarich Twitter’da.
Diplomat, shuningdek, «Ukraina-Polsha munosabatlarida haqiqiy yarashuv formulasi» - «kechirish va kechirim so‘rash»ni eslatdi, bu esa har ikki tomonning xatolarini tan olishni nazarda tutadi.
2016 yilda Polsha Seymi Volin qirg‘inini genotsid deb tan olgan va 11 iyulni ushbu voqealar qurbonlarini xotirlash kuni deb hisoblashga qaror qilgan edi.
Gap Ikkinchi jahon urushi davridagi qirg‘in haqida ketmoqda, u Ukrainada Volin fojiasi deb ataladi, Polshada esa - Volin qirg‘ini. 1942 va 1943 yillarda Ukraina millatchilari tashkiloti - Ukraina isyonchilar armiyasi (OUN-UPA) jangchilari, turli manbalarga ko‘ra, 30 dan 100 minggacha polyaklarni - asosan Ikkinchi jahon urushidan oldin zamonaviy Volin viloyatida yashagan tinch aholini yo‘q qilib tashlagan.
Dpa agentligiga ko‘ra, qasos olish harakatlari davomida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 mingga yaqin ukrainalik halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
Jamiyat | 18:55
-
Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:53
-
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»
O‘zbekiston | 18:52
-
Marin Le Pen qamoqqa hukm qilindi
Jahon | 18:22
Mavzuga oid

08:51
«U Putindan cho‘chimadi» - Kreml Zelenskiyni chetlatish orqali Ukrainani bo‘ysundirishga intilyapti

20:11 / 31.03.2025
Muzokaralarda siljish bo‘lmayotgani Trampni g‘azablantirmoqda

22:38 / 30.03.2025
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist

10:22 / 29.03.2025