
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, bu yil litseylarga jami 14 534 nafar qabul kvotasi belgilangan.
Prezident qaroriga binoan, akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan.
Qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari o‘tkazishning aniq sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.














