Italiyaning Auronzo şahrida baydarka va kanoeda eşkak eşiş böyiça ösmirlar hamda yoşlar örtasidagi jahon çempionati ötkazildi.
Unda özbekistonlik sportçilar 6ta medalni qölga kiritişdi. Yakkalik bahslarida Vladlen Denisov (2ta) va Arina Tanatmişeva kumuş, Şohsanam Şerzodova bronza medal sohibiga aylanişdi. Juftlikda esa Vladlen Denisov va Xonzoda Erkinova kumuş, Şohsanam Şerzodova va Rustamjon Xolmamadov bronza medalga sazovor bölişdi.

Sovrindorlar Toşkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Kutib oliş jarayonidan söng sovrindorlarni suhbatga tortdik.
Juftlikda kumuş medalni qölga kiritgan Xonzoda Erkinova ilk medalini qölga kiritganidan xursand: «Bu kunlarni kutgandik. Juda köp tayyorlangandik. Keyingi musobaqalardan, xususan, sentabr oyida ötkaziladigan Osiyo öyinlaridan oltin medallar bilan qaytişga harakat qilamiz.

2019 yildan buyon yoşlar örtasida köplab musobaqalarda qatnaşganman. Bu — ösmirlar toifasida ilk medalim».

Yakkalik va juftlikda jami 3ta kumuş medalga sazovor bölgan Vladlen Denisov oltin medal uçun biroz omad yetişmaganini aytdi: «Moldova, Ispaniya, Germaniyadan qiyin raqiblar bor edi. 1-örin uçun harakat qildik, imkoniyat bor edi, biroz omad yetişmadi.
Endi Xitoyda ötadigan Osiyo öyinlariga tayyorlanamiz va medallar uçun bor kuçimizni beramiz».

Yakkalik va juftlikda bronza medallarini qölga kiritgan Şohsanam Şerzodova quyidagi fikrlarni bildirdi: «Albatta, öziga yaraşa qiyinçiliklar böldi. Avvalo, murabbiyimizga rahmat. Juftlikda 500 metr masofada Vengriya va Ukrainadan keyin 3-örinni egalladik.
Bu — ikkinçi jahon çempionatim. 2022 yil Vengriya ötkazilgan jahon çempionatida 9-örinni egallaganman».
















