Duşanba kuni tuşdan keyin Vilnyusga alyansdagi katta törtlik yetakçilari kelişi kutilmoqda - Jo Bayden, Emmanuel Makron, Olaf Şols va Rişi Sunak.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hozirça sammitdagi iştirokini tasdiqlamagan. U bir neça bor sammitga faqat NATO yetakçilari uçraşuvi çoğida Ukrainaga alyansga qöşiliş taklifi berilişi şarti bilan borişi mumkinligini aytgandi, ammo unga heç kim bunday kafolat bermadi.

Avvalroq Jo Bayden NATOning ayrim a’zolari uruşning avj pallasida Ukrainani öz saflariga qabul qiliş imkonsiz deb hisoblayotganini, ammo bu uni keyinroq qöşilişga taklif etiş imkoniyatini soqit qilmasligini aytgandi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini davom etayotganiga 500 kundan oşdi. Şu yil may oyidagi ma’lumotlarga köra, uruş boşidan buyon ğarblik ittifoqçilar – AQŞ, YeI va NATO – Kiyevga insonparvarlik, harbiy va moliyaviy yordam sifatida 165 mlrd dollar ajratgan.

Ammo, dam oliş kunlari NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ta’kidlaganidek, Vilnyusdagi sammitda Rossiyaga yanada aniqroq signal yuboriladi.

BBC’ning Yevropa bölimi muharriri Katya Adler sammit arafasida alyansning şaxsi sir qolişini söragan yuqori martabali vakillari bilan bu qanday signal bölişi mumkinligi borasida gaplaşdi. NATO özini keyingi harbiy va boşqa yordamlarda çeklaydimi yoki yanada qat’iyroq qadamlar kutiş mumkinmi?

Manbalarning sözlariga köra, sammit davomida asosan beşta mavzu kötariladi.

1. Strategik matonat

Rossiya aniq bilişi kerak: Ğarb holdan toymaydi va Ukrainaga qiziqişini yöqotmaydi. Kiyevga yordam oqimi qisqarişini kutiş örinsiz.

«Biz [Kiyevga] borgan sari muhim harbiy yordamlarni yetkazib beryapmiz va Moskva bu davom etişini tuşunişi kerak», degan diplomatlardan biri.

BBC muxbirining sözlariga köra, uni suhbatdoşlari Ukrainaning qarşim hujumi kutilganidan sekinroq keçayotganini xotirjamlik bilan qabul qilgani hayron qoldirgan.

Aftidan, NATOdagilar şu kunlarda «bu Hollivud emas, uruş ekani va barçasining öz mavridi kelişi»ni aytgan Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Jyeyms Kleverlining fikriga qöşiladi.