Jinoyat işlari böyiça sud majlislari ma’lum qilinadigan röyxatga köra, «Kompromatuzb işi» böyiça sud majlisi 18 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudida boşlanadi. Sud işiga sudya Tolibjon Obidov raislik qiladi.  

Jinoyat iş doirasida 4 nafar şaxs – Human.uz sayti asosçisi va muharriri Xurşid Daliyev, «Özbekneftgaz» AJ matbuot kotibi (sobiq) Siyovuş Hoşimov va fuqaro Ahmadullo Ahmadjonov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 165-moddasi (tovlamaçilik), 184-moddasi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan ayblanmoqda.

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi (sobiq) Mavjuda Mirzayevaning ayblovida Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatiş) ham aks etgan.

Ta’kidlanişiça, mazkur jinoyat işi böyiça jami 19 nafar jabrlanuvçi mavjud. Ular orasida sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, sobiq Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Afzal Irmatov, Andijon şahar hokimi Ğofurjon Abdurahmonovlar bor.

Sud işi oçiq yoki yopiq tarzda körilişiga oid ma’lumot keltirilmagan.