Nizom noturar bölgan böş turgan davlat köçmas mulk obektlarini aniqlaş va xatlovdan ötkaziş, xatlov natijalarini rasmiylaştiriş, böş turgan davlat köçmas mulk obektlaridan samarali foydalaniş mezonlari va ulardan samarali foydalanişni taşkil etiş tartibini belgilaydi.

Nizomga köra, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalaniş markazi va uning hududiy boşqarmalari «Davlat mulki» ATda böş turgan davlat köçmas mulk obektlarining hisobini yuritiş sohasida quyidagilarni amalga oşiradi:

A) Toifalarga ajratiş böyiça:

- böş turgan;

- me’yorga asosan ortiqça maydon aniqlangan;

- qurilişi tugallanmagan (1 yildan ortiq muddatda);

B) Samarali foydalaniş çoralari körilganligi böyiça:

- rivojlantiriş dasturlariga kiritilgan;

- ommaviy savdolar orqali sotilişi belgilangan;

- davlat-xususiy şeriklik dasturiga kiritilgan;

- ijaraga beriş uçun ommaviy savdolarga çiqarilişi belgilangan.

Markaz aniqlangan böş turgan davlat köçmas mulk obektlari töğrisidagi ma’lumotlarni xatlov yakunlangandan söng 10 kun muddatda özining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.