Prezident tomonidan “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
2023 yil 1 sentabrdan:
- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;
- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi muammolar bo‘yicha ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzulari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.
- Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi. O‘quvchilar 1 va 5 sinfdan qabul qilinadi.
- Shuningdek:
- Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;
- idoralararo Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi;
- dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi tashkil etilmoqda.














