Hollivud aktyorlari ssenariy mualliflari ortidan ish tashlash e’lon qildi
Hollivuddagi ssenariy mualliflari may oyidan beri ish tashlash uyushtirmoqda, endi ularga aktyorlar qo‘shildi. Bu AQSh kino sanoatida so‘nggi 63 yildagi eng yirik ish tashlashdir.

Foto: MARIO TAMA / AFP
Kinoaktyorlar gildiyasi va Amerika televideniye va radio artistlari federatsiyasi (SAG-AFTRA) qo‘shma kasaba uyushmasi kinostudiyalar va striming platformalari bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so‘ng Hollivud aktyorlarining ish tashlashi to‘g‘risida e’lon qildi.
Kasaba uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, aksiya AQSh g‘arbiy sohil vaqti bilan 14 iyul yarim tunda (Toshkent vaqti bilan 12:00) boshlanadi.
«To‘rt haftadan ko‘proq davom etgan muzokaralardan so‘ng, Kino va televideniye prodyuserlari alyansi (AMPTP) SAG-AFTRA a’zolari uchun muhim bo‘lgan asosiy muammolarni hal qilish uchun adolatli kelishuv taklif qilishni istamayapti», deyiladi qo‘shma kasaba uyushmasi saytidagi bayonotda.
SAG-AFTRA bosh muzokarachisi Dankan Krebtri-Ayrlend Los-Anjyelesdagi matbuot anjumanida aytganidek, ish tashlash - «bu oxirgi chora».
Ish tashlash vaqtida aktyorlar suratga olish ishlari va reklama kampaniyalarida qatnashmaydi, shuningdek, filmlar va seriallar premeralarida ishtirok etmaydi.
SAG-AFTRA - kino, televideniye va radio sanoatida ishlaydigan 160 mingga yaqin kishidan iborat eng yirik aktyorlar uyushmasi a’zolari ikki yarim oydan beri ish tashlashni davom ettirayotgan Hollivud ssenariynavislariga qo‘shiladi.
Bu 63 yil ichida Amerika kino sanoatidagi eng yirik ish tashlashdir. Hollivud tarixida oxirgi marta aktyorlar va yozuvchilar birgalikda 1960 yilda ish tashlash uyushtirgan.
May oyi boshida ish tashlashni boshlagan SAG-AFTRA ham, Amerika ssenariynavislari uyushmasi (WGA) ham striming servislarida filmlar takroriy ko‘rsatilganida yuqori bazaviy haq va to‘lovlar to‘lanishini talab qilmoqda. Shuningdek, ular o‘z ishlari sun’iy intellekt bilan almashtirilmasligiga kafolat berilishini so‘rayapti.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16
-
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi
Jahon | 23:09
-
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin
Jahon | 23:08
-
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi
Jahon | 22:13
Mavzuga oid

23:36 / 10.04.2025
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi

16:12 / 15.01.2025
Taniqli aktyor Ravshan Jo‘rayev vafot etdi

22:45 / 25.04.2024
Nyu-York sudi Harvi Vaynshteynga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi

08:50 / 12.04.2024