Qashqadaryo viloyatining «Balxiyak» mahallasida yashovchi A.Q. o‘z xonadonida 9 bosh Bo‘z echkiemar hamda 5 bosh O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi. Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, toshbaqalardan biri nobud bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, Bo‘z echkiemar va O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES konvensiyasiga (yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya) kiritilgan.
Bundan tashqari, A.Q. 2 bosh ko‘lvor ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygani ham ma’lum bo‘lgan.
Huquqbuzardan hayvonlar olib qo‘yilgan va yashash muhitiga mos bo‘lgan Nishon tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.
O‘rganish davomida A.Q, hayvonot dunyosiga qariyb 51,5 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani aniqlangan.










