«Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning isyonidan keyin Rossiya armiyasining kamida 13 nafar katta ofitseri söroq uçun hibsga olingan. Bu haqda The Wall Street Journal naşri öz manbalariga tayanib xabar bermoqda. Naşr suhbatdoşlari tasdiqlaşiça, Prigojin isyon kötarganidan bir neça soat ötib Rossiya FXX qölga oliş işlarini boşlagan. Manbalardan biri qölga oliş işlari «saflarni tozalaş» uçun ötkazilganini aytgan. Naşr ma’lumotiga köra, allaqaçon 15 nafarga yaqin rossiyalik ofitserlar xizmatdan çetlatilgan yoki butunlay böşatilgan.

WSJ manbalari FXX tomonidan qölga olinganlar orasida RF Havo-kosmik kuçlari qömondoni, Ukrainadagi Rossiya qöşinlari boşliği örinbosari, armiya generali Sergey Surovikin ham borligini tasdiqlaşgan. Ularning sözlariga köra, general Moskvada hibsda, ammo tergov izolyatorida emas va şu bilan birga uni bir neça bor isyon masalasida söroq qilişgan. Naşrning yana bir suhbatdoşi Surovikin isyon rejasidan xabardor bölgani, ammo unda iştirok etmaganini bildirgan. Surovikinga qarşi heç qanday ayblov ilgari surilmagan. Manbalarning aytişiça, generalni RF prezidenti Vladimir Putin isyon oqibatlariga qanday munosabatda bölişni hal qilganidan keyingina qöyib yuborişlari mumkin.

Sergey Surovikinni 24 iyun tongida «Vagner» XHK yollanma jangçilariga yöllagan videomurojaatidan beri körişmagan, öşanda u isyonçilarni «töxtaş»ga çaqirgandi. General qölga olingan bölişi mumkinligi haqida dastlab 28 iyun kuni The Moscow Times manbasi xabar tarqatgandi. Keyinroq bu ma’lumotni ğarb naşrlari, jumladan The Financial Times ham tasdiqlagandi. Bloomberg agentligi ma’lumotiga köra, harbiy prokuratura Surovikinni Prigojin bilan aloqalari uçun bir neça kun söroq qilgan; generalning harakatlanişi çeklangan, ammo uni hibsga olişmagan. «Rus Sidyaşçaya» xayriya fondi asosçisi Olga Romanova iyul oyi boşida «Lefortovo» tergov izolyatorida köngillilar tomonidan Surovikin nomiga yöllangan otkritka olib ketilganini xabar qilgandi. Jurnalist Aleksey Venediktovning manbasi esa Surovikin «xizmat ta’tili»da bölib turganini