Joriy yilning 14 iyul kuni soat 20:00 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan E.T. boshqaruvida bo‘lgan davlat raqami “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 2000 yilda tug‘ilgan M.Y.ni urib yuborgan va rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l inshootiga urilib ag‘darilgan.

YTH oqibatida “Nexia-3” rusumli avtomashina haydovchisi va piyoda tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.