Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistondan Afg‘onistonga yuk tranziti uchun tarif imtiyozlarini so‘radi
Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar ikki davlat prezidentlarining 2022 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalar, investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalarini amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqdi, deb xabar qildi Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati.
«Qozog‘iston va O‘zbekiston bosh vazirlari o‘rinbosarlari Serik Jumangarin va Jamshid Xo‘jayev qo‘shma yo‘l xaritalarining alohida loyihalari faol ilgari surilayotganini ta’kidladi va sheriklik munosabatlari samaradorligini oshirishda yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildi», — deyiladi xabarda.

Amaliy uchrashuvda o‘zaro hamkorlik samaradorligini yuksaltirish maqsadida chegara punktlarining o‘tkazuvchanligini oshirish, Qozog‘iston ko‘mirini O‘zbekistonga tashish tariflarini oshirish, Xitoy-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron multimodal transport yo‘nalishini faollashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Qozog‘iston un mahsulotlarining O‘zbekiston hududi orqali tranziti uchun tariflarni pasaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston hududi orqali Qozog‘istondan Afg‘onistonga un eksporti hajmi tarixiy maksimal darajada 2017 yilda 1209 ming tonnaga yetdi. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada kamaydi: 2021 yilda - 536 ming tonna, 2022 yilda - 816 ming tonna. Joriy yilning 6 oyi davomida – atigi 275 ming tonna.

«Mamlakatimizning Afg‘onistonga un eksporti bo‘yicha salmoqli salohiyatini inobatga olib, Qozog‘iston tomoni Afg‘onistonga temiryo‘l tranzitida bazaviy tarifga imtiyozlar berish imkoniyatini ko‘rib chiqish iltimosi bilan O‘zbekiston tomoniga murojaat qildi», - deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilish ishtirokchilari temiryo‘l tashuvlari uchun qulay tarif shartlarini muhokama qilish va aniq takliflar ishlab chiqish uchun qo‘shma ekspert ishchi guruhi tuzishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026