Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi
Loyiha 2024 yilning birinchi choragida Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatidagi «SaryarkaAvtoProm» zavodida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Autostrada
Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston savdo va integratsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar ushrashuv davomida ikki davlat prezidentlarining 2022 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalar, investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalarini ko‘rib chiqqan.
Xususan, Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatida Chevrolet Onix avtomobillarini kichik hajmda yig‘ish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha 2024 yilning birinchi choragida «SaryarkaAvtoProm» zavodi negizida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shartnomalar tuzilib, payvandlash, bo‘yash, yig‘ish sexlari uchun uskunalar ishlab chiqarish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Chimkent va Turkiston viloyatida to‘qimachilik majmualarini qurish bo‘yicha ham loyihalar amalga oshirilmoqda. 2023 yil aprel oyida «Janassil» zavodida o‘zbek paxta chigitini tajriba tariqasida ekish va keyinchalik qayta ishlash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ayni paytda viloyatda 30 gektar maydonga yangi «Namangan – 77» chigiti ekilgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan kater ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
-
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:05
-
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi
Sport | 08:21
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
Mavzuga oid

09:48 / 19.07.2025
Sharqiy Qozog‘istondan O‘zbekiston shaharlariga sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

21:55 / 18.07.2025
Qozog‘istonlik sobiq diplomat xotinini qiynoqqa solgani uchun 6 yilga qamaldi

22:15 / 16.07.2025
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi

18:56 / 15.07.2025